Osmonöpar bino qiymati 9 milliard dollarlik Ellinikon şaharsozlik loyihasining asosiy inşootlaridan biri böladi. Quriliş maydoni Afina Riverasida - Pirey portidan Poseydon ibodatxonasigaça çözilgan sohil hududida joylaşgan. Uning maydoni Monako hududidan taxminan uç baravar katta.

Loyiha doirasida bir neçta turar joy mahallasida minglab uylar, Hard Rock mehmonxonasi va kazinosi, savdo markazi hamda yangi jamoat plyaji barpo etilişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, sport majmuasi, maktablar, ofislar va tibbiyot muassasalari quriladi. Katta boğda esa ikki million kvadrat metr yaşil hudud taşkil etilişi közda tutilgan.

© Lamda Development

Riviera Tower atrofidagi bahslarning asosiy sababi uning balandligi va Afinaning tarixiy qiyofasiga taʼsiridir. Şaharda binolar balandligi odatda 32 metr bilan çeklanadi. Bu Akropol va undagi Parfenonga oçiq manzarani saqlab qolişga xizmat qiladi.

200 metrli minora va butun Ellinikon loyihasi esa amaldagi quriliş meyorlaridan istisno tariqasida ruxsat olgan. Şu bois yangi bino atrofdagi pastqavatli imoratlar orasida keskin ajralib turadi.

© Lamda Development

Manbada keltirilgan 2025-yilgi sörov natijalariga köra, respondentlarning 63 foizi Riviera Tower qurilişiga qarşi çiqqan. Hududni qayta qurişga qaratilgan butun Ellinikon loyihasini esa 41 foiz iştirokçi qöllab-quvvatlamagan.

Tarixiy markazdan maʼlum masofada joylaşganiga qaramay, osmonöpar binoning şahar manzarasiga taʼsiri tanqidçilarning asosiy eʼtirozlaridan biri bölib qolmoqda. Loyiha Afinada zamonaviy quriliş bilan qadimiy meʼmoriy merosni asraş örtasidagi muvozanat masalasini kun tartibiga olib çiqqan.