Prezident davlat dasturida rejalaştirilgan vazifalar böyiça videoselektor davomida telemuloqot orqali Namangan viloyatidagi rejalarni örgandi va viloyat hokimi bilan birga ayni paytda viloyatda bölib turgan boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorovning hisobotlarini tingladi.
«Namangandagi har bir soha qayta körib çiqilişi kerak. Endi qoğozda ura-ura qiliş davri ötdi. Har bir soha böyiça alohida örganinglar. Çodakdagi havoning özi boylik, turizm böyiça qança imkoniyatlarimiz bor. Endi men viloyatlarga taşrif buyurganimda qaysi mahallaga kirişimni heç kim bilmaydi», degan davlat rahbari.
Eslatib ötamiz, 4-5 fevral kunlari Farğona viloyatiga safari davomida prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona şahridagi mahallalardan biriga oldindan rejalaştirilmagan holda taşrif buyurdi. Mahallaga taşrif yakunida prezident sektor rahbarlari faoliyatidan qoniqiş bildirmagan va şahar hokimi, prokuror, içki işlar boşqarmasi boşliği hamda soliq inspeksiyasi rahbari öz lavozimlaridan ozod etilgandi.
Şavkat Mirziyoyev Avtomobil yöllari qömitasi raisiga qattiq tanbeh berdi
Prezidentning keyingi safari Namangan viloyatiga bölişi kutilmoqda.












