«Maxsus rakurs» körsatuvida xabar qilinişiça, davlat rahbari mahalla idorasi qayerda ekani bilan qiziqqan.

«Mahalla idorasi qayerda? Nega olib bormaysan öşa yerga, mahallaning raisi qani, nahotki bilmaysan?» - dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev köp qavatli uyda yaşovçilar bilan muloqotni töxtatmagan, bu yerdagi mahalla fuqarolar yiğini binosini ham öz közi bilan köriş istagini bildirgan.

Prezident mahalla fuqarolar yiğini binosi va yöllar açinarli ahvolda ekanini tanqid qilib, şaharning endilikda sobiq hokimi Hamid Habibidinovga qattiq tanbeh bergan.

«Nega ahvol bunday xarob? Nega şu paytgaça joyiga qöyilmagan, nega men kelişim kerak? Qaçon hammang kabinetda ötirişni bas qilib, galstukni yeçib, etik kiyasan? Bu nima ahvol? Surxondaryoni borib körgin, bunaqa mahalla raisi qolmagan u yerda. Nega işlamaysizlar, yöllarning qandayligini qara, binoni qara, odamlarni qara. Bu Farğona-ku, oğayni. Birorta uyingning oldida bir baraka yöq, hamma yer çiqindi bölib yotibdi», - degan prezident unga.

Körsatuvda qayd etilişiça, yöllardagi nosozliklar sababli tanbehlardan Avtomobil yöllari qömitasi rahbari (Abdurahmon Abduvaliyev) ham quruq qolmagan.

«Mana şu yöllarga kim javob berişi kerak? Sen şunça yonimda yurgan odamsan, nega şuni aytmaysan? Bu yöllar sifati şarmandalik emasmi? Mayli, tumanlarda heç balo qilmabsan, şaharda-çi? Nega men aytmasam qilmaysan şuni, tört yildan beri yonimda yuribsan-ku? Şunça pul beryapman, nega özingni qiynamaysan? Nega taklif bermaysan, nega hammang befarqsan? Hozir yana ketasizlar, yana eski hammom, eski tos böladi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

  • Bundan oldinroq Farğona şahri hokimi Hamid Habibidinov va boşqa sektor rahbarlari - prokuror Atham Mamataliyev, içki işlar bölimi boşliği Şavkat Dadaxonov va davlat soliq inspeksiyasi boşliği Vohidjon Bobobekov prezident taşrifi doirasida işdan olingani xabar qilingandi.
  • 2017 yil martidan buyon Avtomobil yöllari qömitasi raisi bölgan Abdurahmon Abduvaliyev yanvar oyi boşida boş vazir Abdulla Aripov boşçiligidagi yiğilişdan keyin hayfsan olgandi.