Turkiya taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Hami Oqsöy AQŞni mamlakatning içki işlariga aralaşmaslikka va Turkiya sudlarining qarorlarini muhokama qilmaslikka çaqirdi.

"Biz AQŞning huquq himoyaçisi Usmon Kavalani ozod qilişga çaqirgan bayonotiga 2020 yil 28 iyuldayoq javob qaytarganmiz. Turkiya huquqiy davlat hisoblanadi. Turkiya sudlariga buyruq berişga heç bir davlatning haqqi yöq", deyiladi vazirlik bayonotida.

 Kavala 2017 yil 18 oktyabrda Istanbul aeroportida hibsga olingandi. Öşa yilning 1 noyabrida sud "konstitutsion tuzumni özgartirişga uriniş va amaldagi hukumatni ağdarişga urinişi" uçun uni hibsga oliş töğrisida hukm çiqargan. 

 Ötgan yil fevralida Istanbul sudi uni oqlaş va ozod qiliş töğrisida qaror qabul qildi, ammo keyinroq prokuratura uni yana hibsga olişga sanksiya berdi.