Murojaatni örganiş maqsadida tumandagi Oqtepa qişloğida böldik.
Darhaqiqat, oqtepaliklar öz qişloqlariga kirib borgunça 2 kilometr masofani piyoda bosib ötişga majbur ekan. Boisi — qişloq markazigaça olib boradigan transport qatnovi yölga qöyilmagan.
Dastlab 41-umumta'lim maktabida böldik. Maktab direktori Manzuraxon Qodirova 2021 yilda qurilişi rejalaştirilgan mazkur muassasaning qurilişi uçun yer maydoni yöqligini tasdiqladi. 220 örinli maktabda bugungi kunda 391 nafar öğil-qiz ta'lim-tarbiya olmoqda.

«Maktabimiz Özbekiston Respublikasi prezidentining «Zamonaviy maktablarni taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan investitsiya dasturiga tuşgan. Bu yil, ya'ni 2021 yilda qurilişi rejalaştirilgan. Biroq yer maydoni yöqligi bois uşbu quriliş töxtab turibdi. Biz yer maydoni sörab Uçköprik tumani hokimiga bir neça marotaba murojaat qildik. Bizdan taşqari şu hudud aholisi ham murojaat qilgan. Lekin murojaatlarimizga javob hali ham yetib kelgani yöq», — deydi direktor M.Qodirova.

Şuningdek, mas'ullarning bildirişiça, maktabda oşxona, faollar zali, hojatxona ham mavjud emas. Maktab xojatxonasi esa maktab binosidan taşqarida — mahallaning içida joylaşgan.
Biz maktab direktori bilan suhbatlaşgunga qadar, maktab hovlisida qişloq faollari töplandi. Ulardan biri — Rustamjon Inomjonovning fikriça, mahalla aholisining mas'ullardan yagona talabi qişloqqa zamonaviy maktab quriş.

«Meni mahalla aholisi siz şu iş bilan şuğullaning deb, barça mas'uliyatni menga yuklab qöygan. Bormagan taşkilotim qolmadi, hisob. Xozir ham hokimiyatdan kelyapman. Hokim iş bilan çiqib ketgan ekan. Hududimiz prokuror sektoriga qaraydi. Sektor rahbariga ham uçraşdim. Hozirça natija yöq. Aholi va mas'ullar bilan şu masalani hal qilişimiz kerak. Kerak bölsa respublikaga ham çiqamiz. Bizning ham farzandlarimiz zamonaviy maktablarda öqisin axir», — deydi mahalla faoli R.Inomjonov.
Guvohi bölganimiz — öquvçilar mahalla içidagi sport maydoniga boriş uçun ikkita yöldan foydalanadi. Birinçi yöl – aylanma yöl bölib, maydonçaga yetib oliş uçun öquvçilar mahalla içidagi köçalarni aylanib ötişga majbur. Buning uçun öquvçilar 15–20 daqiqa vaqt sarflaydi. Ikkinçi yöl — qisqa yöl bölib, u maktab binosi orqasidagi köçada hali qurilişi boşlanmagan uyning yer maydonini bosib ötiş. Buning uçun öquvçilar 5–10 daqiqa vaqt sarflaydi.

«Hozir ötib kelgan yölimiz birovning şaxsiy tomorqa maydoni. Ertaga uy egasi bu yerda quriliş qilib, uy kötarsa öquvçilar mahallani aylanib şu yerga kelişga majbur böladi. Buning uçun yarim soat vaqt sarflaydi», — dedi suhbatdoşimiz R.Inomjonov.

Biz masalaga oydinlik kiritiş maqsadida tuman hokimligida böldik. Tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliyev tegişli örinbosarlari, mas'ul taşkilot rahbarlari iştirokida masalani muhokama etişni joiz topdi.
Hokimning bildirişiça, qişloqdagi 41-maktabni investitsiya dasturiga kiritiş böyiça taklifni hokimlikning özi bergan. Bitta narsa inobatga olinmagan, ya'ni maktab joyining kiçikligi. Aholi yangi maktab qurilişi uçun qişloqdagi ekin maydonidan yer söramoqda. Biroq hokim buni özi xohlasa ham bera olmasligini bildirdi.

«Kuzatyapmiz xozirgi kunda yerning egasi, böş turgan yerini yoki foydalanmayotgan yerini masjidlarga ajratib beryapti. Özini roziligi bilan. Hududda eski xirmon joyi bor. Ekin maydonining burçagida. Men aholiga tuşuntirdim, mana şu hududni tadbirkorni özidan söranglar, deya. Men ham borib tadbirkorga aytişim mumkin — yeringizni maktabga bering. Şu yerga maktab quraylik, deb. Biroq bu tadbirkor tomonidan boşqa qabul qilinişi, «hokim bosim bilan yer maydonimni olib qöydi», degan gap-sözlar bölişi mumkin. Şuning uçun xalqning özidan iltimos qildimki, şuni söranglar deb. U yerda baribir hozir heç narsa qilingan yöq. Yer masalasi baribir oğir masala», — dedi tuman hokimi A.Mahmudaliyev.
Tuman hokimi tomonidan mahallaning içidagi sport maydonçasi yer maydoni ham maktab qurilişi uçun taklif sifatida körsatilgan. Biroq uşbu taklif mahalla ahliga ma'qul kelmayotganligi aytildi.
Uçköprik tumani hokimi, mas'ullar hamda murojaatçilar iştirokida muhokama qilingan masala böyiça tuman hokimi tomonidan yakuniy taklif aytildi. Maktab binosi özining örnida 3 qavatli qilib quriladi. Mahalladagi sport maydonida esa yopiq sport zal va ikkita futbol maydonçasi barpo etiladi.

Uşbu masala Xalq ta'limi vazirligi bilan ham kelişilişi aytildi.
Bu — Oqtepa qişloğidagi murojaatning asosiysi edi. Qişloqda ötgan bir kunimizning qolgan taassurotlari, qişloq aholisini qiynab kelayotgan boşqa muammolar böyiça Kun.uz alohida maqola tayyorlaydi.
Fayzullo Sultonov, Kun.uz muxbiri












