COVAX epidemiyalarga tayyorgarlikni ta'minlaş sohasidagi innovatsiyalar koalitsiyasi (CEPI), vaksinalar alyansi (GAVI) va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti qöllovi bilan koronavirusga qarşi vaksinani olişni tezlaştiriş taşabbusining bir qismidir. Yuqorida zikr qilingan taşkilotlar rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlardagi vaksina işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlik qiladi. Bu nafaqat yuqori daromadli, balki past daromadli davlatlar aholisini ham koronavirusga qarşi vaksina bilan ta'minlaş maqsadida hukumatlar va işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlikdagi yagona global taşabbusdir.

Soğliqni saqlaş xodimlari va keksalar kabi riskka moyil aholi qatlami uçun yetarliça dozada vaksina oliş uçun navbatdagi qadam sifatida hamkorlar ötgan yilning 31 avgustiga qadar özini özi moliyalaştiriş şartida işlovçi qatnaşçilardan maqsadlar tasdiğini olişi, 18 sentyabrgaça esa, ularning asosida koronavirusga qarşi vaksinani oliş böyiça global mexanizmga kirişişning rasmiy majburiyatlarini işlab çiqiş, söngra 2020 yilning 9 oktyabridan keçiktirmasdan ilk avans tölovlarini oliş kerak edi.

«Koronavirus vaksinasini oliş hammaga teng bölinişi virus ustidan ğalaba qozoniş va pandemiyadan söng tiklanişning muhim şartlaridan biridir. Şu musobaqa kamçilikning ğalabasi bilan tugaşi kerakmas va bunda COVAX mexanizmi muhim ahamiyatga ega. Bu dastur barça davlatlar dunyoning eng yirik vaksinalar portfelidan foydalana olişlari, şuningdek, vaksina dozalarining adolatli va muvozanatli taqsimlanişi uçun muhim», deydi Şvetsiya boş vaziri Stefan Lyoven.

GAVI alyansi muvofiqlaştirib turuvçi COVAX mexanizmi koronavirusga qarşi vaksinani birgalikda xarid qiliş tizimidir. U JSSTning ta'minotni taqsimlaş tamoyillariga muvofiq vaksinalar bilan ta'minlaşni maqsad qilgan. COVAX mexanizmi bu vazifalarni qatnaşçi-davlatlarning xarid quvvatini konsolidatsiya qilib, vaksina işlab çiqaruvçilarga istiqboldagi xaridlar hajmini kafolatlaydi. Bu orqali esa işlab çiqaruvçilarning yangi vaksinalarni ommaviy işlab çiqara oliş salohiyatiga tayanib öz vaqtida işlab çiqariş quvvatlariga riskli sarmoya tikiş va davlatlar va iqtisodiy sub'yektlarning sinovlardan muvaffaqiyatli ötgan vaksinalarni tezkor oliş imkoniyatlarini maksimal darajada oşirişi közda tutilgan.

COVAX’ning muvaffaqiyati nafaqat davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlanişi, balki COVAX doirasidagi tadqiqotlar va işlanmalarning moliyalaştirilişidagi jiddiy muammolarni bartaraf etiş imkoniyatlari, şuningdek, COVAX faoliyatida daromadi örtaçadan pastroq davlatlarga kömak beriş mexanizmi mavjudligiga ham boğliqdir.

«COVID-19 jahon soğliqni saqlaş sohasidagi hukumatlar, tadqiqotçilar, işlab çiqaruvçilar va köp tomonli hamkorlarning birgalikda hal qila olişi mumkin bölgan öxşaşi yöq muammodir. Resurslarni birlaştirib va koronavirus bilan kuraşda vositalarga yetişişni tezlaştiriş taşabbusi va COVAX mexanizmi bilan hamnafas bölgan holda biz barça davlatlarni endi bizning ixtiyorimizda bölişi kutilayotgan koronavirusga qarşi vaksina bilan adolatli ta'minlay olişimiz mumkin», deydi JSST boş direktori Tedros Gebreyyesus.

COVAX faoliyatida vaksinalarni tadqiq qiliş va işlab çiqiş böyiça rahbarlik maqomida bölgan CEPI koalitsiyasi COVAX mexanizmi iştirokçilari uçun xavfsiz va samarali vaksinalar işlab çiqariş yönalişida işlaşga qaror qilgan. CEPI umumiy hisobda töqqiz vaksinani qöllab-quvvatlayapti. Vaksina işlab çiqiş uçun davlatlar, vaksina işlab çiqaruvçilari, taşkilotlar va şaxslar tomonidan 1,4 milliard dollar ajratilgan.

COVAX’ning vazifasi 2021 yilning oxirigaça JSST tomonidan tasdiqlangan 2 milliard xavfsiz va samarali vaksinani taqsimlaşdan iborat. Bunday vaksinalar barça qatnaşçi davlatlar örtasida ularning aholi soniga mutanosib holda teng taqsimlanadi. Bunda avvalo soğliqni saqlaş xodimlari, söngra riskka moyil qatlam – qariyalar va boşqa kasalliklari bor aholi eng birinçi emlanadi. Keyinçalik vaksina dozalari ularning ehtiyojlari va koronavirus tahdidi darajasiga köra beriladi. COVAX mexanizmi favqulodda va gumanitar şaroitlarda, şu jumladan, instensiv kasallaniş va kasallikning nazoratsiz tarqalib ketişini bartaraf etişda qöllaş uçun zaxira dozalarini saqlab turişni ham nazarda tutadi.

Materialni tayyorlaşda JSST va GAVI saytlaridan foydalanildi.