Tesla kompaniyasi bitkoinga 1,5 milliard dollar sarmoya kiritib, avtomobil xaridlari uçun bitkoinlar qabul qilişni rejalayotganini ma'lum qilgaç, bir bitkoin narxi 8 fevral kuni yangi çöqqini zabt etib, 44750 dollarga kötarildi. 14 fevralda esa yangi rekord qayd etilib – 49000 dollarga oşdi. Bu raqamli valutaga qançalar ta'sir qiladi va qanday risklar bor? Bu haqda forbes.ru naşri tahliliy maqola tayyorladi.

Özi nima böldi? Ilon Maskning Tesla kompaniyasi AQŞning qimmatli qoğozlar va birjalar böyiça komissiyasiga 1,5 milliard dollarlik bitkoin sotib olgaç, kriptovaluta narxi rekord darajaga yetdi. Mask bitkoin kompaniya mahsulotlariga tölov sifatida qabul qilinişi, şuningdek, likvidlik darajasini qöllab-quvvatlaş uçun zarur bölmagan mablağning bir qismi raqamli aktivlar, oltin va boşqa şu kabi instrumentlarga yönaltirilişini aytib ötgan.

Mask va uning kompaniyasi bitkoin narxi oşişiga sababçi bölişi birinçi marta kuzatilayotgan hodisamas. Yanvar oyi oxirlarida Mask tvitterdagi sahifasining tavsif qismiga #bitcoin heştegini qöşib qöygan va natijada bitkoinning narxi kun oxirigaça 19 foizga oşgandi. «Aftidan Mask kriptovalutalarni Tesla aksiyalari qiymatini oşirişning bir instrumenti deb hisoblaydi. Ehtimol, Ilon Mask öz strategiyasiga mana bunaqa element qöşib olgandir: bitkoin narxi kötariladi – Tesla aksiyalari narxi ham oşadi – Maskning bonuslari oşadi», deya taxmin qiladi Şveytsariyaning Newcent kompaniyasi boş direktori Vladimir Smetanin.

Risklar bormi? Tesla bitkoin sotib olişni kompaniya faoliyati bilan boğliq risklardan biri deb atadi. «Raqamli aktivlar bozor narxlarining volatilligiga duçor bölişi mumkin», deyiladi kompaniya bayonotida. Asosiy risk kompaniya kriptovalutadan xalos bölişga töğri kelganda yuzaga kelişi mumkin. Zero raqamli aktivlarning ommalaşişi bu – nisbatan yangi trend va sarmoyadorlar, iste'molçilar va umuman, biznes ularni uzoq muddatli deb tan olişi hozirça mavhum.

Kriptovaluta bilan boğliq risklardan yana biri kompaniyada raqamli valutalarning moddiy şakli yöqligi, şuningdek, ularni texnologiyalar va markazlaşişdan qoçişga boğlanib qoliş deb hisoblaşmoqda. Oxirgi ikki faktor kiberhujumlar va texnologik eskiriş kabi tahdidlarga moyil.

«Tesla yanvardayoq bitkoinlarga katta summada sarmoya kiritgandi. Bu bölib ötgan hodisalarning in'ikosi xolos. Bunga qarşi biror çora köriş şartmas», deb ogohlantiradi Smetanin. U istalgan vaqtda narx yana tuşib ketişini istisno qilmaydi.

CEX.IO Broker kompaniyasining ma'lumotlarni tahlil qiliş bölimi boşliği Yuriy Mazurning fikriça, sarmoyadorlar, aksinça, koronavirus pandemiyasining ikkala tölqini mobaynida ham bitkoinga inflyatsion risklardan suğurta sifatida qaraşdi: «Bundan taşqari, bitkoinning uning klassik sarmoya instrumentlariga nisbatan unça katta bölmagan bozordagi kapitalizatsiyasi uning investitsiyaviy jozibadorligini ta'minlaydi. Bu ösişga katta potensial beradi».

Blokçeyn-loyihalar böyiça mustaqil tahlilçi, Hash CIB kriptosarmoya bankining sobiq boş tahlilçisi Rustam Botaşevning fikriça, kriptobozordagi volatillik yaqin orada susaymaydi. «Klassik bozorlarda esa, volatillik yuqori. Binobarin, portfeldagi bitkoinning bir qismi agar undagi aktivlar kriptovaluta bilan korrellyatsiya qilinmasa, portfelning volatilligini kamaytiradi», deya tuşuntirgan u.

Endi nima böladi? Bitkoin narxining keskin kötarilib ketişi birgina sababga boğliq – Tesla uşbu kriptovalutaga 1,5 milliard dollar sarmoya kiritişini e'lon qilişi. Boşqa fundamental sabablar hozirça yöq, deydi Botaşev. Smetanin unga hamfikr: «Sarmoyalar qisman hissiyotlarga asoslangan iş va u köplab sarmoyadorlarni (bitkoinni) xarid qilişga undadi. Yaqin orada kiçik korreksiyani kuzatişimiz mumkin».

Mazur yarim yillik sönggigaça örta volatillik davri va bitkoin narxi kötarilişining yangi tölqini yuz berişini başorat qilyapti.

«Bunda (Institutsional sarmoyadorlar kriptovalutani aktiv sifatida tan olişni va unga sarmoya kiritişni boşlaşida) Yevropa va AQŞ markaziy banklarining moliyaviy tizimga qöşimça likvidlik kiritiş böyiça yevro yoki AQŞ dollari taqdiriga bölgan işonçga ijobiy ta'sir qilmaydigan harakatlari muhim rol öynadi», deydi Botaşev.

Smetanin uning fikriga qöşiladi. Uning fikriça, yirik institutsional sarmoyadorlar kriptovalutani, xususan, bitkoinni yanada köproq sotib olişni boşlaşgani «bozorning umumiy qiyofasini tasdiqlaydi». «Aniqroq aytsak, dollar va boşqa fiat valutalar (Fiat pullari - bu soliqlar yoki qarzlarni tölaş uçun hukumat tomonidan qabul qilingan, ammo töğridan töğri oltin va boşqa qimmatbaho buyumlar bilan boğlanmagan yoki ta'minlanmagan har qanday pul. Fiat pullari muhim içki qiymatga yoki foydalaniş qiymatiga ega emas.) bemisl darajada çop etilişi natijasida yuzaga kelgan yuqori inflatsiya davrining kirib kelişi. Sarmoyadorlar oltin, kumuş, endi esa, bitkoin sari oşiqmoqdalar va ulardan qadrsizlanayotgan dollar örnida rezerv valuta sifatida foydalanişyapti», deydi u.