Özbekiston boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev olib borgan majlisda prokuratura organlarining mamlakatda qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qiliş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida 2020 yildagi faoliyati natijalari muhokama qilingan.

Qayd etilişiça, 2020 yilda jamiyatda qonuniylikni ta'minlaş maqsadida 96 mingga yaqin prokuror nazorati hujjatlari qöllanilib, 122 ming fuqaroning huquqlari tiklangan. Majlisda tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb etiş, eksport hajmini oşiriş kabi iqtisodiyot rivojidagi dolzarb yönalişlarda tizimli tadbirlar amalga oşirilib, 4800 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangani, 21 mingdan ortiğiga muammolarini bartaraf etişda kömaklaşilgani ta'kidlangan.

Boş prokuratura matbuot xizmatiga köra, prokurorlar sektorlaridagi 183 mingta ehtiyojmand oilaga har tomonlama kömak berilgan, 150 ming nafar işsiz fuqaroning bandligi ta'minlangan. Qisqa muddatda mazkur oilalarning qariyb 117 mingtasi yoki 84 foizi mahalliy kengaşlar qarorlari asosida ehtiyojmandlar röyxatidan ham çiqarilgan.