NATO mamlakatlari mudofaa vazirlari AQŞ va “Tolibon” örtasida tuzilgan kelişuvda közda tutilganidek 1 maygaça Afğonistondan alyans qöşinlarini olib çiqib ketmaslikka qaror qilişdi. Bu haqda NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.
"Hozirça Afğonistondan kuçlarni olib çiqib ketiş böyiça qaror qabul qilmadik, yaqin haftalarda maslahatlaşuvlarni davom ettiramiz. Afğonistondan kuçlarimizni olib çiqib ketiş ma'lum şartlarga asoslangan. Afğonistonda zöravonlikka çek qöyilişi, “Tolibon” terrorçi taşkilotlar bilan hamkorlikni töxtatişi şart”, dedi u.
Uning ta'kidlaşiça, bu mamlakatda vaziyat barqarorlaşişi uçun "Afğonistondagi tinçlik muzokaralari muvaffaqiyatli bölişi lozim”.
Stoltenberg hozirda Afğonistonda ötgan yili 10 ming kişigaça qisqartirilgan yöriqçilar va maslahatçilardan iborat çeklangan kontingent borligini eslatib ötdi. Ular Afğoniston armiyasini tayyorgarlikdan ötkaziş, logistika taşkil etiş va razvedka ma'lumotlari bilan ta'minlaş kabi vazifalarni bajaradi.
Avvalroq Afğoniston böyiça tadqiqot guruhining vakili hisobotida prezident Jo Bayden ma'muriyatiga 2021 yil may oyigaça Afğonistondan Amerika qöşinlari olib çiqib ketilişini keçiktiriş tavsiya qilingandi.
2020 yil 29 fevralda Dohada AQŞ ma'muriyati va "Tolibon" örtasida tinçlik kelişuvi imzolangandi. Unga köra, AQŞ, uning ittifoqçilari va koalitsiya 14 oy içida Afğonistondan barça qöşinlarini olib çiqib ketiş majburiyatini olgandi. Toliblar öz navbatida mamlakat hududidan AQŞ va uning ittifoqçilari xavfsizligiga tahdid soladigan harakatlarni amalga oşirişda foydalanmaslikka kafolat bergandi.












