Germaniya pandemiyaga qarşi xalqaro kuraşga qöşimça mablağ ajratadi, deb ma'lum qildi mamlakat moliya vaziri Olaf Şols "katta yettilik" davlatlari rahbarlarining videokonferensiya şaklida ötkazilgan sammitida.

"Biz qaşşoq mamlakatlarga birdamlik körsatamiz. Germaniya Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining COVAX dasturiga yana 1,5 mlrd yevro (1,8 mlrd dollar) ajratadi", - dedi Şols.

Uning sözlariga köra, COVAX dasturi orqali koronavirusga qarşi 2 mlrd doza vaksina taqsimlaş maqsad qilingan. 

"Biz butun dunyo vaksinatsiya bilan qamrab olinganidagina xavfsizlikda bölamiz", - deya qöşimça qildi germaniyalik vazir.

Şu bilan birga, AQŞ COVAX dasturi uçun 2 mlrd dollar ajratişi ma'lum böldi. Bu haqda AQŞ prezidenti Jo Bayden ma'lum qildi.

"Bugun AQŞ COVAX dasturi uçun 2 mlrd dollarajratişini e'lon qilaman", - dedi u.

COVAX – JSST tomonidan ilgari surilgan global mexanizm bölib, barça davlatlarni koronavirusga qarşi xavfsiz va samarali vaksinalar bilan teng ta'minlaşga qaratilgan. COVAX dasturining vazifasi vaksinalarni sotib oliş va a'zo davlatlarning aholisiga mos ravişda taqsimlaşdir. 

Ma'lumotlarga köra, hozirda sayyoraning 16 foiz aholisi istiqomat qiladigan boy mamlakatlar koronavirusga qarşi vaksinalarning uçdan ikki qismini sotib olgan. Qaşşoq mamlakatlar aholisi butun dunyodagi emlangan odamlarning atigi 0,5 foizini taşkil qiladi.