Mamlakatda 23 fevral, seşanba kuni boşlanadigan yomğir aksar hududlarda qorga aylanişi başorat qilingan. 24 fevral kuni keçga borib havo harorati - 5 – 8 darajagaça, 25 fevral kuni keçasi esa -10 – 12 darajagaça pasayişi kutilmoqda.



Gidrometeorologik xizmatlar berayotgan başoratlarga köra, respublika hududida sovuq havo hafta söngigaça saqlanib qoladi. Yandeks ob-havo xizmati mart oyining ilk kunlaridan havo yana isiy boşlaşini başorat qilgan.

Avvalroq, 15 fevral kuni «Özgidromet» Özbekistonga Eron hududidan iliq va quruq havo kirib kelişi bilan hafta oxirida ob-havoda keskin özgariş kutilayotgani haqida xabar bergandi. Söngra 18-21 fevralda Özbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida şakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelişi ham başorat qilindi. «Özgidromet» hozirça boşqa gidrometeorologik xizmatlardan farqli fevralning sönggi haftasi sovuq kelişidan ogohlantirgani yöq.



P.S. Şu örinda aytiş kerakki, mamlakatning aksar hududlarida havo sovişi bilan uylarni isitiş asosiy masalaga aylanadi (ayniqsa ötgan yil yakunidagi sovuqdan keyin). Odamlar havo sovişidan avvalroq ogohlantirilsa, ular uyni isitişning tadorigini körib qöygan bölardi. Balki gaz bilan ta'minlanmagan hududlarga qöşimça kömir yoki propan yetkazib beriş masalasi ham körilar. Çunki bu katta ehtimol bilan qiş mavsumining oxirgi sovuği böladi...












