Odatda vaksinalarga preparatning tarkibini barqaror saqlab turiş va taşiş hamda saqlaş jarayonida samaradorlikni uşlab qoliş uçun çöçqa yoğidan olingan jyelatindan foydalaniladi. Koronavirusga qarşi vaksinada ham şu kabi jyelatin bormi?
Ayrim kompaniyalar bir neça yil mobaynida çöçqa jyelatinidan xoli vaksinalar işlab çiqarişga harakat qilişyapti. Masalan, Şveytsariyaning Novartis farmatsevtika kompaniyasi meningitga qarşi vaksinasiga çöçqa jyelatini qöşişdan voz keçgan. Şuningdek, Saudiya Arabistoni va Malayziyaning AJ Pharma kompaniyasi ham şu yölda mehnat qilişmoqda.
Koronavirusga qarşi vaksinalar pionerlari bölmiş Pfizer, Moderna va AstraZeneca kabi preparatlar formulalarida çöçqadan olingan jyelatin yöq. Lekin öz mahsulotlari tarkibini e'lon qilmagan vaksinalar haqida xavotirlar bor. Istaganlar Pfizer, Moderna va AstraZeneca vaksinalarining tarkibini körişlari mumkin.
Preparatlari tarkibini e'lon qilmay, dindorlarni xavotirga solgan uç kompaniya Sinovac, Sinopharm va CanSino Biologics mahsulotlari tarkibida çöçqadan olingan unsurlar bor-yöqligi haqida hali ma'lum qilişmadi.
Gamaleya tadqiqot instituti, Johnson & Johnson, Novavax va Bektop öz vaksinalarini çeklangan miqdorda foydalaniş uçun çiqarişdi, lekin ular ham hali çöçqadan olinadigan jyelatin işlatgani yoki yöqligi haqida bayonot berişmadi. Boşqa kompaniyalar orasida ham çöçqa jyelatinidan foydalanilgani haqida bayonot berganlari yöq. Zero, qolgan vaksinalar hanuz işlanma jarayonida yoxud sinovdan ötkazilyapti.











