Amerikalik maşhur golfçi Tayger Vuds Kaliforniyada avtofalokatga uçradi. U hozirda oğir ahvolda qolmoqda.
ABC News telekanalining xabar berişiça, Vuds oyoğidan köplab jarohatlar olgan va hozirda jarrohlik amaliyotidan ötmoqda.
Avtofalokat mahalliy vaqt bilan soat 7:12da Rolling Xillz va Ranço Palos Verdes çegarasida yuz bergan. Golfçidan taşqari maşinada haydovçi va yana bir yölovçi bölgan. Maşina yöl çetiga çiqib ağdarilib ketgan.
“Meydjor” seriyasi musobaqalarining 15 karra ğolibi 2017 yil may oyida politsiya tomonidan avtomobilida uxlab yotgan holda aniqlangan va alkogol yoki giyohvand modda ta'siri ostida bölgan deb gumon qilinib hibsga olingan. Keyinroq ma'lum bölişiça, sportçining organizmida 4ta vosita, jumladan kuçli oğriqsizlantiruvçi, allergiyaga qarşi hamda uyqu çaqiruvçi tinçlantiruvçi vositalar izlari aniqlangan.


Tayger Vuds dunyo golfçilari reytingida 683 hafta davomida birinçi örinni egallab, rekord örnatgan. U professional golfçilar uyuşmasi tomonidan 11 marta yil golfçisi deb tan olingan. Vudsning umurtqasida bir neça marta jarrohlik amaliyoti ötkazilgan.












