Xorazm viloyati, Urganç şahrida içki işlar organi bölim boşliği avtofalokat oqibatida halok böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

4 avgust kuni Urganç–Xiva yölida Urganç şahri böyiça IIO FMB boşliği, podpolkovnik Temur Yöldoşevga biriktirilgan Lacetti xizmat avtomaşinasi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Qayd qilinişiça, maşina yölning qatnov qismidan çiqib ketib, beton ustunga urilgan. Oqibatda Temur Yöldoşev hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.