14 aprel kuni ertalab Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Taxtaqoraça dovoni avtomobil yölining 1139-kilometrida Samarqand – Qaşqadaryo yönalişi böyiça harakatlanib ketayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobili jarlikka qulagan va yonib ketgan.

Bunga haydovçining ehtiyotsizlik oqibatida boşqaruvni yöqotgani sabab bölgani aytilmoqda.

Qaşqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi qutqaruvçilar guruhi manzilga yetib borib, yonğin oqibatlarini bartaraf etgan.

Yuk maşinasida bölgan 24 yoşli O.A hamda unga hamrohlik qilayotgan A.O maşinadan sakraşga ulgurgan. Oqibatda ular tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlaşmasiga yuborilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxşi.