Joriy yilning 23 fevral kuni «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida ISO 9001 xalqaro standarti sifat sertifikatini topşiriş marosimi bölib ötdi. Unda «Cert International» xalqaro sertifikatlaş organi vakili Riod Ibrohimov, jamiyat boşqaruvi raisi Dadajon Isaqulov, boşqaruv raisi örinbosarlari hamda «Cert academy» xalqaro trening kompaniyasi bilan taşkil etilgan öquv seminarida iştirok etgan «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari»ning 15 nafar mutaxassisi iştirok etdi.
Xalqaro sertifikatlaş taşkiloti vakili Riod Ibrohimov sertifikatni jamiyat boşqaruvi raisiga topşirar ekan, energetika sohasi, xususan, elektr energetika tarmoğida strategik ahamiyatga ega muhim vazifalarni bajarib kelayotgan «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari»ning kelgusi işlariga muvaffaqiyat tiladi.

ISO 9001 xalqaro standarti böyiça «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari»ning sifat körsatkiçlari doirasiga Özbekistonning magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qiliş va ularni rivojlantirişni boşqariş, magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasi yetkazib beriş hamda davlatlararo tranzitni amalga oşiriş kiradi.

Eslatib ötamiz, ISO 9001 sifat menejmenti jamiyat faoliyatining xalqaro maydondagi işonçli hamkor ekanini anglatuvçi belgi hisoblanadi.
Xalqaro ISO ctandartlarini qöllaşning ahamiyati va afzalliklari Özbekiston elektr energetika tarmoği rivojida, xususan «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining samarali faoliyatida öz ijobiy natijalarini körsatadi.
«Özbekiston MET» AJ axborot xizmati





