Taşqi işlar va xavfsizlik böyiça rahbari Jozep Borrelning ta'kidlaşiça, Rossiya Yevroittifoqdagi demokratiyani yomonlaş va xalqaro hamkorlikka putur yetkaziş uçun dezinformatsiya bilan şuğullanmoqda. Bu haqda u Yevroparlamentning Yevropada demokratik jarayonlarga xorijdan aralaşiş böyiça maxsus yiğilişida ma'lum qilgan va Yevroittifoq faoliyatiga nisbatan yomon maqsadlarni bartaraf etişga qarata çoralar kuçaytirilişiga va'da bergan.

Borrelning sözlariga köra, yolğon yoki çalğituvçi xabarlar, ayniqsa, pandemiya davrida köproq zararli, zero bunday xabarlar insonlar hayotini xavf ostiga qöyişi mumkin.

«Biz Kremlga yaqin kanallar niqob taqiş befoyda ekani yoki lokdaunga qarşi ovozlar tagiga olov yoqib turişganiga guvohi böldik», deya misol keltiradi Jozep Borrel. U şuningdek, sönggi paytlarda bunday harakatlardan maqsad Covid-19 vaksinasi va vaksina diplomatiyasi bölayotganini qöşimça qilgan.

Uning sözlariga köra, Rossiya öz vaksinasini uluğlaş va Ğarb vaksinalari va işlab çiqaruvçilarini obrösizlantirişga urinmoqda. « Masalan, Kreml taraf OAV Pfizer/BioNTech vaksinasini olgan odamlarda nojöya ta'sirlar kuzatilgan, hattoki ölim ham sodir bölgan degan xabarlarni tarqatişdan töxtagani yöq», deydi u.

Fevral oyi boşidagi Moskvaga taşrifi haqida gapirarkan, Borrel rossiyalik mulozimlarga konstruktiv dialog qilişga urinişi xuş kelmaganligini bildirgan: «Ularga qadrli bölmagan narsalar – inson huquqlari, şuningdek, Navalniy işi böyiça ham haqida sözlaşimni xohlaşmadi. Biz qasddan va koordinatsiyalangan manipulyatsiya, Yevropaning taşqi siyosati xizmatiga qarşi dezinformatsiya kampaniyasiga guvoh bölyapmiz», deydi Yevropa taşqi işlar vaziri.