“Samarqand viloyati misolida olsak, hozirgi kölamda uylar qurilişi oxirgi 50 yilda kuzatilmagan. Viloyat böyiça 50 yilda 49 600ta xonadonli 1 588ta köp qavatli uy qurilgan bölsa, oxirgi 3 yilda 21 300ta xonadondan iborat 416ta köp qavatli uy qurib bitkazilgan. Yangi qabul qilinayotgan farmonga köra, Samarqand viloyatida 4 479ta xonadonli köp qavatli uylar qurilişi belgilanmoqda. Şundan 2 180ta xonadonga muhtojlar uçun subsidiya ajratiladi.

Endi uylarni tarqatişda taniş-bilişçilikning oldini oliş uçun jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari jalb qilinişi oldingiday xatolarga yöl qöymaydi”, – dedi Erkin Turdimov öz nutqida.

Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda aholining ehtiyojini qondiriş uçun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy quriş talab etilişi haqida aytib ötgandi.

«Hisob-kitoblarga köra, mamlakatimiz aholisining uy-joyga bölgan ehtiyojini töliq qondiriş uçun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy quriş kerak», deya prezidentning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, davlat rahbari ipoteka böyiça 6 oylik imtiyozli davr kiritilişi, şaharlarda dastlabki badal 20 foizdan 15 foizga tuşirilişi haqida ma'lum qildi.

«Past daromadli, uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj oilalarga 15 foizlik dastlabki badalning 10 foizi subsidiya sifatida tölab beriladi. Ya'ni aholi uy oliş uçun dastlabki badalning 5 foizini tölaydi, xolos», dedi Şavkat Mirziyoyev.