Ekspertlar foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlarini uçinçi şaxslarga faollik bilan tarqatadigan ilovalarni aniqlaşdi. Kiberxavfsizlik bilan şuğullanadigan pCloud kompaniyasi bu boradagi hisobotni e'lon qildi.
Hisobotga köra, şaxsiy ma'lumotlarni eng köp tarqatadigan ilova Instagram ilovasi bölib, u foydalanuvçilarga tegişli ma'lumotlarning 79 foizini tarqatadi.
Keyingi örinlarda ma'lumotlarning 57 foizini bölişadigan Facebook hamda 42 foiz ma'lumotni boşqalarga uzatadigan YouTube ilovalari turadi.
pCloud mutaxassislarining aniqlaşlariça, ilovalarning 80 foizi foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlarini yiğiş bilan şuğullanadi.
Kompaniya şuningdek, öz foydalanuvçilariga tegişli ma'lumotlarni kamroq tarqatadigan yoki umuman tarqatmaydigan ilovalarni ham ma'lum qilişgan. Bular Skype, Microsoft Teams, Clubhouse, Netflix, Signal va Telegram ilovalaridir.













