Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2021 yilning yanvar-fevral holati böyiça yuqori işlab çiqariş körsatkiçlari qayd etilib, işlab çiqarilgan mahsulotlar eksporti borasida ham quvonarli natijalarga erişildi.

OKMK Metallurgiya xomaşyosi bilan ta'minlaş va sotiş boşqarmasi taqdim etgan ma'lumotlarga köra,  ötgan ikki oyda  142 mln 761 ming AQŞ dollari miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oşirilgan. Rejaviy vazifa esa 153,3 foizga bajarilganini alohida ta'kidlaş joiz.

Jumladan, 2021 yil yanvar-fevral holatiga köra, 12362 tonna mis katodi eksport qilingan holda reja 130,6 foizga uddalangan. Şuningdek, 1622 tonna mis katankasi xorijlik importyorlarga jönatilib, reja 649 foizga bajarilgan. 

Bundan taşqari, 722 tonna mis quvurlarining eksporti amalga oşirilib, vazifa 205,4 foizga yetkazib bajarilgan.

Yildan yilga dunyo bozorida xaridorgir bölib borayotgan rux eksporti rejasi 112,6foizga bajarilgan holda, importyorlarga 8447 tonna uşbu metall yuborilgan.
Qurilişda eng zarur bölgan sement eksportida 13566 tonnalik natija qayd etilgan. 

Kimyo sanoatida muhim ahamiyat kasb etuvçi sulfat kislotasi eksporti rejasining bajarilişi böyiça 795,1foizlik natija qayd etilganini alohida ta'kidlaş joiz. Xorijlik xaridorlarga uşbu mahsulotdan 13517tonna yetkazib berilgan. Şuningdek, 4069 tonna qörğoşin mahsulotlari eksport qilingan. 

Rejaviy vazifani yuqori körsatkiçlarda oşiği bilan bajariş holati molibden eksportida ham kuzatilib, 124 tonna uşbu metall xaridorlarga yetkazib berilgan holda, reja 310 foizga uddalangan.

Ötgan ikki oy davomida 2336 tonna mis kuporosi importyorlarga jönatilib, reja 1168,1foizga bajarilgan.

Kombinat tomonidan işlab çiqarilayotgan mahsulotlar asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozoğiston, Bolgariya, Ozarboyjon, Qirğiziston, Ukraina, Polşa, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afğoniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. 

OKMK Axborot xizmati