Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va AQŞ prezidenti Jo Bayden rasmiy Bryussel va Vaşington örtasida Boeing va Airbus aviatsiya kompaniyalariga beriladigan subsidiyalar atrofidagi köp yillik mojaroni hal qilişga bel boğlaşgan.
Yevroittifoq hamda AQŞ Boeing va Airbus atrofidagi köp yillik mojaroni bartaraf etiş uçun tört oy muddatga barça bojxona tölovlarini bekor qilib turişga kelişib olişdi. «Bu qadam transatlantik munosabatlarni qayta yölga qöyişni tamsil qiladi», deydi Yevrokomissiya rahbari Ursula xonim 5 martda Jozef Bayden bilan bölgan telefon muloqotidan söng. Ikkala taraf ham savdo mojarosining hal etilişini sabrsizlik bilan kutişayotganini izhor qilişgan.
Glad to speak to @POTUS @JoeBiden this afternoon.
— Ursula von der Leyen (@vonderleyen) March 5, 2021
As a fresh start for our 🇪🇺🇺🇸 partnership we agreed to suspend all tariffs related to the Airbus-Boeing disputes on aircraft & non-aircraft producs for an initial period of 4 months. We also committed to solving these disputes.
Boeing va Airbus subsidiyasi atrofidagi YeI va AQŞ örtasidagi mojaro
Boeing va uning yevropalik raqobatçisi Airbus uçun beriladigan davlat yordami munozarasi 16 yildan beri davom etib keladi. Jahon savdo taşkiloti subsidiyalarning bir qismi har ikkala kompaniya uçun mumkin emas, deb tan olgan.
2018 yilda AQŞning bir qator tovarlari uçun Yevropa solgan jarimalar oziq-ovqat mahsulotlari, Harley-Davidson jinsi va mototsikllariga ham daxl qilgan. 2019 yilda Jahon savdo taşkiloti AQŞga Yevropaning 7,5 milliard yevro miqdoridagi tovar va xizmatlariga boj joriy qilişini ma'qulladi. Bundan Airbus samolyotlari, vino, pişloq va zaytun moyi jabr körgan.
2020 yilning oktyabrida JST Yevroittifoqqa AQŞdan import qilinadigan yiliga 3,4 milliardlik tovarlarga jarima bojlarini kiritişiga ruxsat berdi. Yangi jarimalar noyabrdan kuçga kirib, qişloq xöjalik mahsulotlari va sanoat tovarlariga daxl qildi. Vaşington keyinroq Germaniya va Fransiyadan keladigan samolyot butlovçi qismlari, muayan fransuz va nemis vino hamda brendilariga bojlar joriy qildi.










