Bahor kelib, kunlar yana isib, daraxtlar yana gullayotgan vaqtda Özbekiston hududiga kirib kelayotgan sovuq havo haqida ma'lumotlar paydo böldi. Kun.uz muxbiri mamlakatda noqulay ob-havo qança muddat davomida saqlanib turişiga aniqlik kiritiş maqsadida «Özgidromet» matbuot kotibi Munisaxon Asilxöjayevaga murojaat qildi. 

Ma'lum qilinişiça, Özbekiston hududiga 13-14 martda Volga böyi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida şakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

13-14 martda respublikada yoğingarçilik (yomğir, 14 martga ötar keçasi qorga aylanadi), ba'zi joylarda kuçli böladi. Qoraqalpoğistonda, Xorazm viloyatida 13 martda qor yoğadi, ba'zi joylarda kuçli bölişi mumkin. 

14-15 martda harorat keçalari 2-7° sovuqqaça, kunduz kunlari 2° sovuq- 3° iliqqaça, Qoraqalpoğistonda keçalari 10-15° sovuqqaça, kunduz kunlari 2-7° sovuqqaça, Xorazm viloyatida keçalari 6-11° sovuqqaça, kunduz kunlari 0-5° sovuqqaça pasayadi.

13-14 martda respublika böyiça ba'zi joylarda şamol 17-22 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda, ba'zida esa 25-28 m/s gaça kuçayişi mumkin.

«Bunday ob-havo 15-16 mart kunlarida ham davom etadi. Lekin u kunlardagi aniq harorat böyiça tasdiqlangan ma'lumotlar alohida e'lon qilinadi», degan u.