Olmazor tumanida 11 nafar tadbirkor manfaatlariga 3,6 mlrd söm zarar yetkazgan şaxslar faoliyati foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, mahkama huzuridagi departamentning Olmazor tuman bölimi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquq va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Tekşiruv davomida, “M.m.” “A.” va “Y.f.” MÇJ rahbarlari va boşqalar oldindan özaro til biriktirib, 11ta xöjalik yurituvçi sub'yektlardan olingan 3,6 mlrd sömlik dori vositalarini naqd pulga sotib yuborib, savdodan tuşgan pullarni tölamasdan firibgarlik yöli bilan özganing juda köp miqdordagi mulkini qölga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbarlari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatildi.
Tergov harakatlari ötkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Avvalroq, tadbirkorga öqotar qurol öqtalib, 70 000 dollar pul talab qilgan jinoiy guruh aniqlangandi.











