Olmazor tumanida avtomobil yölida raqsga tuşgan şaxslar maʼmuriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi
Sud hujjatiga köra, 19 yoşdan 30 yoşgaça bölgan 8 kişi 31-oktabr kuni tumanning Gulsaroy köçasida yölning qatnov qismida raqsga tuşib, maşinalar harakatiga tösqinlik qilgan.
“Yölni tösib, ozgina öyin-kulgi qildik. Bunaqa holatga olib kelişini öylamagandik. Qilgan işimizdan puşaymonmiz, boşqa qaytarilmaydi”, degan huquqbuzarlardan biri sudda.
Kuyovjöralardan yana biri öşa kuni soat 16:00 larda kelinning uyidan çiqayotganda “ozgina xursandçilikka, emotsiyaga berilib”, yölni tösib qöyişganini, oqibati şu yoqqaça kelişini bilmaganini aytib, puşaymonlik bildirgan.
JIB Olmazor tuman sudining 2026-yil 3-noyabrdagi qarori bilan kuyovjöralar mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir etgan deb topildi. Ularning biriga 5 sutka, qolganlariga 7 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.












