Özbekiston Qirğizistonga 25 million dollarlik 120 ming tonna mineral öğit yetkazib beriş böyiça şartnoma imzoladi. Bu haqda “Özkimyosanoat” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Qirğiziston prezidentining davlat taşrifi doirasida “Özkimyosanoat”da “Qirğiziston öğit yetkazib beruvçilar assotsiatsiyasi” yuridik şaxslar uyuşmasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda “Özkimyosanoat” vakillari “Qirğiziston öğit yetkazib beruvçilar assotsiatsiyasi” yuridik şaxslar uyuşmasi raisi E.Akunbekov bilan muzokaralar olib bordi. Tadbir davomida Qirğizistonga mineral öğitlar va kimyoviy mahsulotlar yetkazib beriş böyiça ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuv söngida tomonlar “Özkimyosanoat” tomonidan 2021-2022 yillarda Qirğizistonga qiymati 25 mln dollarlik 120 ming tonna mineral öğit yetkazib beriş böyiça tijorat şartnomasi imzolandi.

Şuningdek, Özbekiston va Qirğizistonning mavjud mineral xomaşyo resurslaridan foydalangan holda agromineral va bioorganik öğitlar işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça qiymati 1,5 mln dollarlik anglaşuv memorandumi imzolandi.