Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘quvchilar, talabalar va tashkilotlar xodimlarida virus aniqlanmoqda. Joylardagi nazorat tadbirlari qayta joriy etildi
Ayni vaqtda Toshkent shahrida kuniga 2-3 ming kishi test qilinmoqda. Kasallik asosan, maktab o‘quvchilari, talabalar, tashkilot va muassasalar xodimlari orasida ko‘paygan.
Toshkent shahrida karantin chora-tadbirlari nazorati yanada kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva ma'lum qildi.

«Hozirgi kunda butun dunyoda epidemiologik vaziyat murakkabligicha qolmoqda. O‘zbekistonda ham so‘nggi kunlarda yangi kasallanish holatlari oshdi. Karantin choralariga rioya etilmasligi aholi orasida koronavirus infeksiyasi tarqalishi ko‘payishiga olib keladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi tomonidan qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shulardan biri laborator tahlil namunalari olishdir. Hozirgi kunda 47ta mobil brigadalar mavjud bo‘lib, kun davomida 2 mingdan 3 minggacha laborator namunalar olib borilmoqda.
Tekshiruvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygan. Ayniqsa, maktab o‘quvchilari orasida, talabalar orasida, tashkilot-muassasalar xodimlari orasida ko‘paygani kuzatildi. Bu esa aholi tomonidan, tashkilot va muassasalar tomonidan karantin choralariga amal qilinmayotganini ko‘rsatadi. Ya'ni o‘lchov vositalaridan foydalanmaslik, kasal bo‘lishiga qaramasdan ish va o‘qishga borib, boshqalarni xavfga qo‘yish holatlari kuzatilmoqda.
Aholi o‘rtasida kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida qator tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar tadbirlar o‘tkazila boshlandi.
Shu kunlarda Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlaridan iborat guruhlar tuzilib, bozorlarda, umumiy ovqatlanish muassasalarida, tashkilot va muassasalarda karantin talablariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat olib borishi yana yo‘lga qo‘yildi», degan boshqarma boshlig‘i.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrida 210ta emlash brigadalari tashkil qilingan, ularga 1059 nafar tibbiy xodimlar jalb qilingan. Xodimlarni o‘qitish jarayoni davom etmoqda. Toshkentga vaksinalarni tashish uchun muzlatgichlar va 13 ta mikroavtobus topshirilgan. Bundan tashqari,vaksina saqlanadigan omborlarga qo‘shimcha generatorlar o‘rnatildi.
Boshqarma vakili aholidan oila a'zolarida koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish holatlari yuz berganda 14 kunlik karantin chora-tadbirlariga rioya qilish, kasallik alomatlarini sezganda hududiy poliklinikalarga murojaat qilishni tavsiya qilgan.
- Bundan avvalroq, 14 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 111ta yangi holat aniqlangan, bu 2020 yil 24 dekabridan (112ta holat) buyon kuzatilgan antirekord hisoblanishi, so‘nggi holatlarning 93tasi Toshkent shahrida qayd etilgani, poytaxtda so‘nggi bir hafta ichida kasallanish holatlari soni keskin oshgani munosabati bilan shaharda karantin talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat kuchaytirilishi ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi?
Jamiyat | 17:22
-
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi
Iqtisodiyot | 19:04
-
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi
O‘zbekiston | 18:41
-
Qo‘rqinchli manzara va alamli oqibatlar: Ko‘kdaladagi portlash tafsilotlari
Jamiyat | 18:33
Mavzuga oid

09:04
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi

23:57 / 17.07.2025
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

22:53 / 17.07.2025
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov

21:19 / 17.07.2025