Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi Qrimni Kiyev nazorati ostiga qaytariş böyiça strategiyani qabul qildi. Bu haqda Qrimning kurortlar va turizm böyiça sobiq vaziri Aleksandr Liyev ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, Ukraina Qrim ma'muriyati bilan heç qanday aloqa örnatmasligi hamda bu yerda ötkazilayotgan saylovlarni tan olmasligi va Rossiyaga qarşi sanksiyalar yumşatilişiga yöl qöymasligi lozim.
Ukraina xalqaro sudlardagi işlarni kuçaytiradi hamda qrimliklarni Ukraina oliy ta'lim muassasalariga kiriş imkoniyati bilan ta'minlaydi, deb qöşimça qildi Liyev.
14 mart kuni Ukraina qurolli kuçlari boş ştabining operativ boş boşqarmasi boşliği birinçi örinbosari Viktor Nazarov Ukraina 2014 yilda Qrimni qaytarib oliş uçun uruş boşlamoqçi bölganligini aytdi. Uning sözlariga köra, uşbu reja mamlakat qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Mixail Kutsin tomonidan rad etilgan.
Qrim 2014 yil 16 martida ötkazilgan referendum asosida Rossiya tarkibiga kiritilgandi. Öşanda Qrimda RF qurolli kuçlarining harbiy bölinmalari joylaştirilgan, prezident Vladimir Putin bu harbiylar «Qrim xalq mudofaa kuçlariga kömak sifatida yuborilgani» haqida aytgandi. 17 mart kuni Qrim parlamenti mustaqillik haqida farmon qabul qilib, Qrimni Rossiya tarkibiga sub'yekt sifatida qöşib oliş uçun murojaat qiladi. 18 mart kuni Vladimir Putin Qrim Respublikasini mustaqil davlat sifatida tan oliş haqida qaror imzolaydi. Şu kunning özida Rossiya va Qrim respublikani hamda Sevastopol şahrini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiritiş böyiça kelişuv imzolaydi.
2014 yil 27 mart kuni BMT Boş assambleyasi Ukrainaning hududiy yaxlitligini tan oladigan rezolyutsiyani qabul qilgan. Unda referendum qonuniy kuçga ega bölmaganligi aytilgan.













