Moliya vazirligi jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça 2020 yildagi tuşumlar hisobotini e'lon qildi.

Hisobotga köra, ötgan yili aholi 15,1 trillion söm (YaIMning 2,6 foizi) daromad soliği tölagan. Bu 2019 yil oxirida prognoz qilingan miqdordan (16,1 trillion söm) 1 trillion sömga kamdir.

Ma'lum qilinişiça, tuşumlar kamayişi pandemiya davridagi çeklovlar sabab tadbirkorlik sub'yektlarining iqtisodiy faolligi pasayişi, 2020 yilda soliqqa tortilmaydigan moddiy yordam miqdorining eng kam iş haqining 4,22dan 7,5 barobarga oşirilişi, budjet taşkiloti xodimlarini moddiy rağbatlantiriş uçun xarajatlarning ayrim turlarini qisqartiriş bilan boğliq.

Şu bilan birga, 2020 yilda ijtimoiy soliq stavkasining mikrofirma va kiçik korxonalar uçun 12 foizdan 1 foizgaça pasaytirilişi iş haqi fondini va işçilar sonini qisman saqlaşga imkon berdi.

Ijtimoiy soliq stavkasining pasaytirilişi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi daromadlarining taxminan 900 milliard sömdan ziyod qisqarişiga olib keldi. Aksariyat yuridik şaxslar uçun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizgaça pasaytirildi, fuqarolarning şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ajratmalar miqdori 2 dan 0,1 foizgaça kamaytirildi.

Bundan taşqari, aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qiliş va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun qöşimça şart-şaroitlarni yaratiş maqsadida 2020 yil iyun oyida özini özi iş bilan band qilganlar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxati tasdiqlandi. 2021 yil 1 yanvardan boşlab soliq organlari tizimida 560 mingdan ortiq kişi röyxatga olingan.

Manbaga köra, soliq tölovçilar soni 2020 yil noyabr oyida 2018 yil noyabrga nisbatan 12,2 foizga ösgan. Bunda 2 - 4 million söm oraliğida iş haqi oladigan soliq tölovçilar soni (oyiga hisoblab çiqilganda) 491 ming kişidan 987 ming kişigaça (ösiş 1,78 marta), 4 – 5,5 million söm oraliğida iş haqi oladigan soliq tölovçilar 54 ming kişidan 212 ming kişigaça (ösiş 3,4 marta), 5,5 million sömdan ortiq iş haqi oladigan soliq tölovçilar 81 ming kişidan 254 ming kişigaça (ösiş 2,7 marta) ösdi.