Nurafşon şahrida xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, sessiyada iştirok etgan va viloyatga yangi hokim tavsiya qilgan davlat rahbari hokimlarni bevosita saylaş haqida töxtalib ötdi.
“Hokimlar ham bevosita saylansin, degan gaplar juda köp aytiladi. Bundan xabarim bor, özim ham aytganman vaqtida. Lekin bir savol: hozir biz hokimlarni saylaşga tayyormizmi? Bitta mahalla raisini adolatli saylay olmaymiz-ku. Guruhlarga bölinib olib, öz yaqinlarimiz yoki tanişlarimizni saylaymiz.
Jamiyat tayyor bölmagan muhitga bunday saylovlarni qöyiş xiyonat emasmi? Men ham hokimlar saylanişini juda ham xohlayman. Ammo kimni saylaymiz? Lekin men işonaman, vaqt kelib, albatta, hokimlarni ham saylaş jarayoniga ham yetib kelamiz”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Bundan oldin, prezident Toşkent viloyati sobiq hokimi Rustam Xolmatov nega işdan olinganini ma'lum qilgandi.












