Kun.uz muxbirining xabar berişiça, sessiyada sözga çiqqan davlat rahbari viloyat salohiyati haqida töxtalib ötdi.

“Bu yerda yirik korxonalar faoliyat körsatmoqda. Boşqa viloyatlarga nisbatan sizlarning oldingizda qarzimiz bor, Toşkent viloyatiga yaxşi hokim topa olmayapmiz. Boşqa viloyatlarda hokimlar ön yillab işlayapti, ammo aholisi deyarli 3 million kişi bölgan ulkan viloyatga yaxşi yölboşçi topiş muammosi sizlar kabi meni ham öylantiradi. 

Rustam Xolmatovning özi işdan böşaş töğrisida ariza yozdi, men uni öşa payt işdan böşatiş niyatim yöq edi. Uning özi bugungi kun talabini tuşunib şu qarorga keldi, men ham unga yaraşa iş berdim. Lekin 22 tuman va 7 şahar hokimlarining birortasi özi ariza yozgani yöq, Xolmatov singari mard bölib xatosini tan olmadi, agar kimdir şunday qilganida uni işdan böşatmay har taraflama qöllab-quvvatlardim”, dedi prezident. 

Prezident keyingi vaqtlarda viloyatda şunga yaraşa dadil harakatlar sezilmayotgani, sanoat, qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş sohalarini rivojlantiriş böyiça ulkan salohiyat töliq işga solinmayotganini körsatib ötdi. Ötgan yili investitsiyalar hajmi 2019 yilga nisbatan 17 foizga kam bölgani aytildi.

Ma'lumot uçun, Rustam Xolmatov 2019 yil 4 iyundan Toşkent viloyati hokimi vazifasida işlab kelayotgandi. U 2021 yilning yanvar oyi oxirida lavozimidan ozod etildi.

Rustam Xolmatovning örniga Toşkent şahar hokimining sobiq birinçi örinbosari Davron Hidoyatov Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.