Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlaridan voz keçişi Qöşma Ştatlar bilan bu mavzudagi kelişmovçiliklarni hal qilişning yagona yöli hisoblanadi. Bu haqda AQŞning Turkiyadagi elçisi Devid Satterfild aytdi.

"Turkiya S-400dan voz keçişi şart. Bu biz AQŞ kongressida himoya qiladigan yagona qaror", - deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Bir Gun naşri.

Satterfildning sözlariga köra, bu "uning şaxsiy qaraşi emas, balki Amerika qonunçiligiga mos keladigan talabdir".

Mart boşlarida Turkiya mudofaa sanoati boşqarmasi boşliği Ismoil Demir Anqara Rossiyadan S-400 tizimining ikkinçi polkini sotib oliş imkoniyatini körib çiqayotganini aytgandi.

Rossiya va Turkiya 2017 yilda Anqaraga S-400 tizimlarini yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzgandi. Turkiyaning Rossiya zenit-raketa tizimlarini sotib olişi AQŞ va alyansning keskin noroziliklariga sabab böldi. Vaşington Anqarani beşinçi avlod F-35 qiruvçi samolyotlarini işlab çiqariş dasturidan çiqarib taşladi.