Vazirlar Mahkamasining “Aziz-Ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Boş prokuratura hamda Kasaba uyuşmalari federatsiyasi tomonidan xotin-qizlarni turmuşga tayyorlaş, ularda farzand tarbiyasiga oid könikmalarni mukammal şakllantiriş, turli tazyiq, zöravonlikdan himoya qiliş, oilalarda suitsid va ajralişlar oldini oliş, xotin-qizlar ma'naviyatini yuksaltiriş, bandligini ta'minlaş, kasb-hunarga örgatiş, tadbirkorlikka jalb etiş maqsadida “Aziz-Ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi işlab çiqilgan.
Quyidagilar platformaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- xotin-qizlar, şu jumladan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta'minlaşga kömaklaşiş;
- xotin-qizlarga kasb-hunar örgatişga imkoniyat yaratiş;
- xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etişga kömaklaşiş;
- xotin-qizlarga psixologik, huquqiy hamda tibbiy maslahat beriş va şu orqali ularni turli tazyiq, zöravonlikdan himoya qiliş, oilalarda suitsid, ajrim va boşqa salbiy holatlar oldini oliş;
- xotin-qizlarni turmuşga, farzand tarbiyasiga tayyorlaş va soğlom turmuş tarziga örgatiş;
- xotin-qizlar ma'naviyatini yuksaltiriş, ular orasida kitobxonlikni ommalaştiriş.
Boş prokuratura va Kasaba uyuşmalari federatsiyasining platformani Kasaba uyuşmalari federatsiyasiga bepul ötkaziş haqidagi taklifiga rozilik beriladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
- platformaga böş iş örinlari haqidagi ma'lumotlarni yuklaş va har ön beş kunda yangilab boriş;
- xotin-qizlarni kasb-hunarga örgatadigan onlayn tögaraklar taşkil etiş, öquv qöllanmalar va videomateriallarni yuklab boriş çoralarini köradi.
Kasaba uyuşmalari federatsiyasi soliq idoralari va “Xalq banki” bilan integratsiyalaşgan idoralararo hamkorlikda xotin-qizlar işga joylaşgani haqqoniyligini doimiy tarzda onlayn örganib boradi.
Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qiliş maqsadida biznes ğoyalar, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar, böş binolar, auksion orqali sotiladigan yerlar va boşqa ma'lumotlarni platformaga yuklaş va har ön beş kunda yangilab borişni ta'minlaydi.
Adliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş hamda öz joniga qasd qilişning oldini oliş respublika markazi:
- platformaga hududlar kesimida işonç telefoni raqamlari kiritilişi va ularning uzluksiz (24 soat) işlaşini ta'minlaydi;
- platforma orqali huquqiy, tibbiy, psixologik maslahat hamda zöravonlik va tazyiqdan himoyalaniş maqsadida yordam sörab qilingan onlayn murojaatlarni (telefon, sms) qabul qilib, platforma orqali zudlik bilan zarur maslahatlarni berib boriş;
- homiladorlik va tuğiş ta'tillariga çiqiş, ijtimoiy nafaqalar oliş, pensiyaga çiqiş va boşqa dolzarb masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartiblarni yoritib boriş çoralarini köradi.












