“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boşçiligidagi “Işçi guruh” a’zolari Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasida bölib, konlar hamda quduqlarda tabiiy gaz qazib çiqarilişi holatini örgandi.

Dastlab, departament, boşqarma va kon boşliqlari iştirokida “Şörtan” konida 2021 yilning birinçi çoragida uglevodorodlar qazib çiqariş prognoz körsatkiçlarini bajarişga qaratilgan yiğiliş ötkazildi.

Yiğilişda Boşqarma tasarrufidagi konlardan gaz va gaz kondensati qazib çiqariş böyiça boşqarma boş geologi va kon boşliqlari bilan muloqot ötkazildi.

2021 yil dastlabki çorak yakunlari va ikkinçi çorakda amalga oşirilişi rejalaştirilgan işlarning bajarilişi, ayniqsa, tabiiy gaz qazib çiqariş körsatkiçlarini oşirişga qaratilgan tadbirlarning ijrosi tanqidiy jihatdan tahlil qilinib, dolzarb muammolar, xususan geologiya-qidiruv işlarini samarali olib boriş, 2021 yilda amalga oşirilişi közda tutilgan geologik-texnik çora-tadbirlarni jadallaştiriş orqali belgilangan prognoz körsatkiçlarining bajarilişini ta’minlaş böyiça tegişli mutaxassislarga zarur topşiriqlar berildi.

Jumladan, 2021 yilda uglevodorodlar qazib çiqarişni köpaytiriş Dasturiga asosan hamkor taşkilotlar tomonidan 21 ta, şuningdek “Özbekneftgaz” AJ öz mablağlari hisobidan yana 16 ta yangi işlatiş quduqlarni belgilangan grafiklar asosida burğilab işga tuşiriş möljallangan.

Gaz qazib çiqariş barqarorligini ta’minlaş maqsadida 177 ta quduqda kapital ta’mirlaş işlarini olib borişda yangi yönaliş va tadqiqotlardan keng foydalaniş hisobiga tadbirlarning samaradorligini oşiriş, yangi gaz konlarini özlaştiriş hamda 10 ta texnologik obektlarni işga tuşiriş kabi masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

Belgilangan tadbirlarning öz vaqtida bajarilişini ta’minlaş maqsadida, işlab çiqarişning barça jarayonlarini muntazam ravişda zarur material-texnik resurslar va ehtiyot qismlar bilan ta’minlaş böyiça tegişli mutaxassislarga körsatmalar berildi.

Joriy yilda Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasida
9 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib çiqarişni ta’minlaş böyiça rejalaştirilgan geologik-texnik tadbirlarni samarali amalga oşiriş yuzasidan topşiriqlar berildi.

Şuningdek, konlardagi mavjud zaxiralarni maksimal darajada özlaştiriş va gaz qazib çiqariş körsatkiçlarining barqarorligini ta’minlaş maqsadida közda tutilayotgan “Janubiy Tandirça” va “Bözaxör” konlarida siquv kompressor stansiyalari quriş loyihalarini tezlaştiriş çoralarini köriş böyiça mas’ul mutaxassislar, loyiha-tadqiqot institutlari va boşqarmalarga topşiriqlar berildi.

Yiğilişda 2021 yilda işga tuşirilişi rejalaştirilgan “Uzbekneftegaz GTL” zavodi va istiqboldagi Şörtan gaz kimyo majmuasini kengaytiriş loyihalarini doimiy xomaşyo bazasi ta’minlaş masalasi muhokama qilinib, istiqbolli yangi maydonlarda izlov-qidiruv işlarini jadallaştiriş bilan tabiiy gaz zaxiralarini oşiriş va ularni özlaştiriş loyihalarini amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.

Eslatib ötamiz, “Özbekneftgaz” AJ va Davlat geologiya qömitasi hamkorligida joriy yilning 25 fevral kuni Qaşqadaryo viloyatida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-13 noyabr kunlari Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida uglevodorod xomaşyosi zaxiralarini köpaytiriş va tabiiy gaz qazib çiqarişni oşiriş böyiça bergan topşiriqlarning ijrosini ta’minlaş maqsadida, ötkazilgan qöşma yiğilişda soha mutaxassislarining fikrlarini inobatga olgan holda Şörtan zonasida neft va gazga istiqbolli yangi maydonlarni aniqlaş maqsadida 3D seysmik-qidiruv işlarini birgalikda amalga oşirişga kelişib olingan edi.

Seysmik tadqiqotlarni samarali amalga oşiriş natijasida neft va gazga istiqbolli yangi maydonlar aniqlanadi, yangi konlar oçilişiga zamin yaratiladi va mavjud konlarning qöşimça istiqbollari aniqlanib özlaştirişga tayyorlanadi. Amalga oşirilgan tadqiqotlar asosida belgilangan maydonlarda burğilaş işlari olib borilib uglevodorodlarning yangi zaxiralari östiriladi hamda tabiiy gazni qazib çiqarişga zamin yaratiladi.

Boşqaruv raisi boşçiligidagi “Işçi guruh” tomonidan amalga oşirilgan örganiş işlari davomida “Şörtan” konida xizmat qilayotgan işçi-xodimlarning oylik maoşlarini öz vaqtida tölab beriş va boşqa bir qator ijtimoiy masalalar muhokama qilindi hamda qazib çiqariş jarayonlarida bevosita iştirok etayotgan işçi-xodimlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar böyiça qöşimça topşiriqlar berildi.

“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ