«Barçaga tezda va köp pul beriş», deya uning sözlari mağzini keltirgan La Repubblica.

Inqirozga qarşi kuraşiş paketidan 8 milliard yevro ijtimoiy yordamga sarflanişi kutilmoqda. 5 millirad yevro esa, vaksinatsiya kampaniyasini moliyalaştiriş va soğliqni saqlaş sohasini qöllab-quvvatlaş uçun yönaltiriladi.

Ayni damda 11 milliard yevro koronavirus pandemiyasidan köproq jabr körgan Italiya korxonalariga ajratiladi. Undan taşqari, soliq tölovçilarning muayyan guruhining soliq qarzlaridan voz keçiladi.

Mario Dragi, şuningdek, martda şartnomasi tugagan xodimlarni işdan böşatişni taqiqlab, iyungaça uşlab turiş kerakligini aytgan.

Pandemiya tufayli Italiya iqtisodi Ikkinçi jahon uruşidan beri eng qiyin retsessiyani boşdan keçirmoqda. 2020 yilda mamlakat YaIMi 8,9 foizga qisqargan va yarim millionga yaqin kişi işsiz qolgan.

Mario Dragi AstraZeneca va «Sputnik V» vaksinalari haqida

Bulardan taşqari, Dragi matbuot anjumanida epidemiologik vaziyat barqarorlaşişi bilan maktablar birinçilardan bölib oçilişini aytgan va AstraZeneca vaksinasi bilan emlaniş niyati borligini bildirgan.

Şuningdek, Italiyada milliy darajada qöllaş uçun «Sputnik V» vaksinasini röyxatdan ötkaziş imkoniyati körib çiqilayotganini ma'lum qilgan.

«Agar Yevroittifoq oldinga yursa – yaxşi. Yöq bölsa biz boşqa yölni tanlaymiz», degan Dragi. U Germaniya kansleri Angela Merkel ham şu pozitsiyada ekanini eslatib ötgan.