Zokirjon Xoliqov: Hammaga xayrli kun. Kun.uz'dagi «El Golazo» loyihasining navbatdagi mehmoni futbol huquqi sohasida dunyodagi yetakçi mutaxassislardan biri, Ispaniya futbol federatsiyasi, UYeFAda iş tajribasiga ega va hozirgi kunda FIFA yuridik departamenti direktori Emilio Garsiya Silvero.
Emilio, hozirgi kunda FIFAdagi vazifalaringiz haqida gapirib bersangiz.
Emilio Garsiya: Birinçi navbatda, taklif uçun katta rahmat. Sizlar bilan suhbat qurib turganimdan xursandman! Hozirda Tsyurixda FIFA yuridik departamentini boşqaraman. Departamentda 140 dan ortiq mutaxassis futbolçilar transferini tartibga soliş, futboldagi tijorat huquqi, antidoping va kelişilgan öyinlarga qarşi kuraşiş kabi sohalarda faoliyat olib boradi. Umuman aytganda, men boşqarayotgan departament FIFA içidagi eng muhim bölimlardan biri hisoblanadi. FIFAdagi faoliyatimiz orqali doimiy ravişda futbol qonunçiligida islohotlar olib borişga harakat qilamiz. Ayniqsa, futbolçilar transferi böyiça. FIFAda faoliyat olib borişdan oldin 9 yil davomida Ispaniya futbol federatsiyasida yuridik bölim boşliği sifatida va UYeFAda 6 yil tartib-intizom bölimi boşliği sifatida faoliyat yuritganman.
Zokirjon Xoliqov: Taniştiruv uçun rahmat, keyingi savolga ötsak. Yevropa Superligasi taşkil etilişi borasida gap-sözlar butun dunyoda muhokama qilinmoqda. «Real», «Barselona», APL va A Seriya grandlari birgalaşib Yevropa Superligasini taşkil etmoqçi. Bu huquqiy jihatdan iloji bor hodisami?
Emilio Garsiya: FIFA Yevropa Superligasi borasida öz pozitsiyasini rasman e'lon qildi. Futbol öyini milliy assotsiatsiyalar, konfederatsiyalar va FIFA orqali tartibga solinadi. Yevropa Superligasi taşkilotçilari esa bu uç turdagi taşkilotlarning heç biriga mansub emasdi. Superliga tuzilişi futbol integratsiyasiga katta putur yetkazardi. Şuni inobatga olib, FIFA Yevropa Superligasi taşkil etişni huquqiy jihatdan imkonsiz deb e'lon qildi.
Jahongir Usmanov: Janob Garsiya, nima uçun bitta milliy assotsiatsiyaga tegişli klublar va futbolçilar örtasidagi nizolarni hal qiliş uçun FIFAning Nizolarni hal qiliş qömitasiga yoki Sport arbitraj sudiga murojaat qila olişmaydi?

Emilio Garsiya: Bu juda qiziq savol, FIFA futbolçilar transferi va şartnomalarini tartibga soluvçi normalarga ega, lekin bu normalar umumlaştiruvçi xarakterga ega, çunki FIFA butun dunyodagi futbol nizolarini hal qiliş uçun moddiy imkoniyatlari çeklangan. FIFAda Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan Kanadagaça, Argentinadan Rossiyagaça mavjud 211 davlat mehnat qonunçiligini biladigan sudyalar yöq. Bundan taşqari, nizolarning hammasini FIFA sudyalari körib çiqişi uçun vaqt yetmaydi. Uşbu turdagi nizolarni adolatli hal qiliş uçun FIFA milliy assotsiatsiyalar qoşida futbolçilar va klublar vakillaridan iborat Nizolarni hal qiliş palatasini taşkil etişni tavsiya qilib kelmoqda.
Jahongir Usmanov: Agar özbek futbolçisi va özbek klubi örtasidagi mehnat şartnomasida nizolarni hal qiliş uçun işni Lozannadagi Sport arbitraj sudiga olib boriş borasida band bölsa-çi? Bu holatda ham xalqaro element bölişi talab etiladimi?
Emilio Garsiya: Bu borada aniq band körsatilgan bölsa, uşbu holatda garçi tomonlar bitta milliy assotsiatsiyaga tegişli bölsa ham, nizolarni hal qiliş uçun Sport arbitraj sudiga murojaat qilişi mumkin.
Zokirjon Xoliqov: Birdamlik mexanizmi belgilanişi haqida söramoqçi edim. Masalan, futbolçini tarbiya qilgan klub uçinçi tomon sifatida futbolçisi bir klubdan boşqa klubga transfer qilinganda transfer summasining qança qismini olişi kerak?
Emilio Garsiya: FIFAning futbolçilar transferi va maqomi reglamentida futbolçi bir klubdan boşqa klubga transfer qilinganda jami transfer summasining beş foizi öşa futbolçini 12 yoşdan 23 yoşgaça tarbiyalagan klublar örtasida bölib olinadi. Lekin bu summani aniqlaştirişda va olişda tarbiyalovçi klublar qiyinçilikka uçramoqda. Buni osonlaştiriş uçun joriy yil FIFA Tsyurixda alohida Kompensatsiya palatasini taşkil etmoqçi. Unga köra, sotib oluvçi klub jami transfer summasining beş foizini töğridan töğri Kompensatsiya palatasi hisobraqamiga ötkazib beradi. Öz navbatida, palata uşbu summani futbolçini 12 yoşdan 23 yoşgaça bölgan davrda tarbiyalagan klublar örtasida bölib beradi.
Masalan, fransuz klubida öynovçi özbek futbolçisi ispan yoki italyan klubiga transfer qilinganda, jami transfer summasining beş foizini avtomatik ravişda FIFAning Kompensatsiya palatasi bank hisobraqamiga, palata 90 kun içida uşbu summani tarbiyalovçi özbek klubiga ötkazib beradi. Tarbiyalovçi klublarga FIFA markazlaşgan tizim orqali yengilliklar yaratmoqçi hamda ularning manfaatlarini himoya qilmoqçi.
Zokirjon Xoliqov: Ötgan yil UYeFA tomonidan «Mançester Citi» klubi jazolanib, Yevropa Çempionlar Ligasida iştirok etişi taqiqlangandi, ammo köp ötmay bu jazo yengillaştirildi. Buning sababini bilasizmi?
Emilio Garsiya: Birinçidan, bu jazo Lozannadagi Sport arbitraj sudi tomonidan yengillaştirildi va sabablar taşkilot saytida e'lon qilindi. «Mançester Citi»ga bu sanksiyalar UYeFA tomonidan 2010 yildan boşlab amalga tatbiq etilgan moliyaviy feyr-pley doirasida qöllanilgandi. Umuman olganda, 2004 yildan boşlab qöllab kelinayotgan UYeFAning klublarni litsenziyalaş tizimi va moliyaviy feyr-pley qoidalari butun dunyoda futbol rivojiga özining hissasini qöşib kelmoqda. UYeFAning bu işidan FIFA ham namuna olib, qoidalarni boşqa konfederatsiyalarga ham qöllab kelmoqda.
Zokirjon Xoliqov: Keyingi savol butun dunyoda, jumladan, özbekistonlik futbol muxlislarida ham katta qiziqiş uyğotgan Messi «Barselona»ni bepul tark etişi masalasi. Bu borada sizning şaxsiy fikringiz qanaqa? Messining advokatlari UYeFA va FIFAga maslahatlaşiş uçun murojaat qilganmi?

Emilio Garsiya: Avvalo, Messining şartnomasida aynan qanaqa bandlar borligidan xabarim yöq, çunki bu Messi va «Barselona» klubi örtasidagi şartnoma, uni körmaganman. Messining vakillari FIFAga maslahatlaşiş uçun murojaat qilgani yöq. Şu yil 30 iyun kuni Messining «Barselona» bilan şartnomasi muddati tugaydi, köramiz, Messi yozda faoliyatini qayerda davom ettiradi, «Barselona»dami yoki boşqa jamoada? Leo futbolimizning asosiy yulduzlaridan biri, umid qilaman, uzoq yillar yana Messi iştirokidagi öyinlardan bahramand bölamiz.
Zokirjon Xoliqov: Özbek klublariga çet ellik futbolçilar va murabbiylar bilan şartnoma imzolaşda e'tibor qaratişi kerak bölgan muhim jihatlar böyiça tavsiyalaringiz bilan örtoqlaşsangiz. Oxirgi paytlarda özbek klublari bu borada oqsamoqda va FIFAdagi köp işlarni yutqazmoqda.
Emilio Garsiya: Özbek klublari çet elliklar bilan şartnoma imzolaşda uçta jihatga e'tibor berişi kerak. Birinçidan, klub iqtisodiy imkoniyatlarini töğri baholagan holda çet elliklarga maoş belgilaşi kerak, çunki FIFA qonunçiligida şartnomada nima yozilgan bölsa, öşa narsa töliq bajarilişi talab etiladi. Ikkinçi eng muhim jihat – şartnoma muddati. Bu borada ham klub öz imkoniyatlarini töğri baholaşi kerak. Uçinçidan, tomonlar şartnoma doirasidagi nizolarni hal qiluvçi organni aniq belgilab qöyişi kerak. Masalan, Özbekiston sudlari, FIFA qömitalarining sudlari yoki Lozannadagi Sport arbitraj sudi.
Zokirjon Xoliqov: Ötgan yil koronavirus sabab FIFA milliy assotsiatsiyalarga moliyaviy yordam berişga qaror qildi, uşbu yordam pullari milliy assotsiatsiyalar tomonidan qanday sarflanişi va nimaga sarflanişi monitoring qilib boriladimi? Agar qilinsa, bu jarayon qanday amalga oşiriladi?
Emilio Garsiya: FIFA tomonidan qabul qilib olingan yordam pullarining 500 ming dollari milliy assotsiatsiyalar tomonidan ayollar futboli rivojlanişiga sarflanişi, qolgan qismi esa futbol rivojiga sarflanişi kerak. Bu borada milliy assotsiatsiyalarga erkinlik beriladi va ular «futbol rivojiga» degan bandini özlari hal qilişadi. FIFA qoşida pandemiya davridagi yordam pullarini ajratiş va ularni sarflaşni töğri nazorat qiliş uçun vaqtinçalik qömita taşkil etilgan. Bu boradagi töliq nazorat mazkur qömita orqali amalga oşiriladi.
Zokirjon Xoliqov: Köplab milliy assotsiatsiyalarda futbol agentlarini akkreditatsiyadan ötkaziş tizimi mavjud emasligi munozaralarga sabab bölmoqda. Bu holat futbol klublarida faoliyat olib boradiganlar uçun agentlik faoliyati bilan şuğullanişga tösqinlik qilmaydi, bu borada FIFAning pozitsiyasi qanaqa?
Emilio Garsiya: Darhaqiqat, futbol agentlarini akkreditatsiyadan ötkaziş tizimi ba'zi milliy assotsiatsiyalarda yölga qöyilmagan va bu köplab muammolarni keltirib çiqarmoqda. Bu kabi muammolarni bartaraf etiş maqsadida 2022 yil 1 yanvardan boşlab FIFA yana futbol agentlarini litsenziyalaş tizimiga qaytadi. FIFA futbol agentlariga litsenziya berişdan oldin ularni imtihondan ötkazadi va yagona tizim orqali ularning faoliyatini nazorat qilib boradi. Bundan taşqari, futbol agentlari bilan boğliq nizolarni hal etiş uçun FIFA alohida yagona sud tizimini joriy etadi.
Zokirjon Xoliqov: Özbekiston futboli bilan unçalik maşhur davlat emas, şunga qaramasdan, FIFAdagi yuridik işlari bilan ba'zi futbol klublarimiz nomini eslab qolgan bölsangiz kerak. Bundan taşqari, özbek futbolida faoliyat olib borganlardan kimlarni taniysiz?
Emilio Garsiya: FIFAga 210 ta milliy assotsiatsiya a'zo hisoblanadi, şuning uçun alohida şaxslarni eslab qoliş qiyin. Lekin FIFA kunlari milliy jamoalar iştirokidagi öyinlarni kuzatişga harakat qilaman. Masalan, Özbekiston milliy jamoasi safida eng köp öyin ötkazgan futbolçilardan biri Server Jeparov va adaşmasam Özbekiston milliy jamoasi libosida eng köp gol urgan futbolçi Maksim Şatskixni taniyman. Özbek futbolida ulardan boşqa heç kimni tanimayman.
Zokirjon Xoliqov: Suhbat va futboldagi xalqaro boy tajribangiz bilan bölişganingiz uçun sizga Kun.uz jamoasi nomidan öz minnatdorligimizni bildirib qolamiz va keyingi faoliyatingizda omad tilaymiz!
Emilio Garsiya: Katta rahmat. Yaqin orada yana körişişimizga umid qilaman, Özbekiston milliy jamoasiga omad tilayman.











