Özbekiston milliy jamoasi tarixida ilk marta Namanganda ötgan örtoqlik uçraşuvida Vadim Abramov jamoasi Gana B milliy jamoasini mağlubiyatga uçratdi.

Minglab tomoşabinlar qarşisida ötgan uçraşuvning 4-daqiqasidayoq Otabek Şukurov jarima maydoni çiziği ustidan ajoyib zarbasi bilan hisobni oçdi – 1:0.

72-daqiqaga kelib esa mehmonlar kutilmaganda hisobni tenglaştirdi. Issahaku Abdul Fatavu tomonidan jarima zarbasidan yöllangan zarbani qaytarişda darvozabon Javohir Ilyosov xatolikka yöl qöydi – 1:1.

Uşbu goldan tört daqiqa ötar-ötmas, Namangandagi «Markaziy» stadion ikkinçi bor larzaga keldi. Öyinning eng faol öyinçilaridan biri Jaloliddin Maşaripov yakkama-yakka vaziyatga çiqib, öz goli bilan milliy jamoamizga örtoqlik bahsida ğalaba keltirdi – 2:1.

Milliy jamoamiz navbatdagi örtoqlik öyinni 29 mart kuni Toşkentda Iroqqa qarşi ötkazadi.

Örtoqlik uçraşuvi. 26 mart (juma)
Özbekiston – Gana B – 2:1
Gollar: Otabek Şukurov 4, Jaloliddin Maşaripov 76 - Issahaku Abdul Fatavu 72.
Özbekiston: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Azimjon Ahmedov, Ibrohimxalil Yöldoşev, Farrux Sayfiyev (Murod Xolmuhammedov, 82), Otabek Şukurov, Odil Hamrobekov, Oston Örunov (Javohir Siddiqov, 69), Sardor Raşidov (Oybek Bozorov, 59), Jaloliddin Maşaripov (Hojimat Erkinov, 86), Eldor Şomurodov (Igor Sergeyev, 84)
Gana B: J.Addo, Yiadom Konadou, Kristofer Netey, Muhammad Al Hassan, Diavusiye Teylor (Daniel, 64), Moro Salifu, Miçel Otou (Persius Boa, 82), Issahaku Abdul Fatavu, Raşid Nortey (A.Boateng, 65), Samuel Kuayye, Kvame (Maksvel Kuayye, 87).