Vazirning 1-noyabrda bildirişiça, bu masala uçinçi «Rossiya - Afrika» sammiti doirasida Putinning Gana prezidenti Jon Dramani Mahama bilan Kremldagi uçraşuvida muhokama qilingan. Mahama öz fuqarolarining uruşga jalb qilinayotganidan xavotir bildirgan.
«Bu taqiq iştirok etişning barça holatlarini - ham noqonuniy yollaşni, ham öz xohişi bilan qöşilişni qamrab oladi», - degan Ablakva.
Avvalroq BMTning Ukrainadagi uruş davomida sodir etilgan jinoyatlarni tekşiruvçi mustaqil xalqaro komissiyasi Rossiyani xorijliklarni aldab frontga yuboriş bilan boğliq odam savdosida ayblagan edi. Komissiya maʼlumotlariga köra, kamida 29 mamlakatdan önlab erkaklar bunday harakatlar qurboni bölgan.
«Vajnyye istorii» naşri 2026-yil fevralda ganalik Kelvin Ejire haqida xabar bergan. Naşrga köra, u dastlab Rossiya armiyasida xizmat qilgan, keyin esa hamyurtlari orasida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzişni tarğib qila boşlagan.
DW keltirgan Ukraina hukumati maʼlumotlariga köra, Rossiya 135 mamlakatdan 28 mingdan ortiq xorijlikni uruşga yollagan. Ularning beş mingdan ziyodi halok bölgani bildirilgan. Şuningdek, Ukrainada kamida 213 nafar xorijlik harbiy asir sifatida saqlangan, ularning 37 nafari Afrika mamlakatlari fuqarolari bölgan.
Keniya hukumati Kievdan asirga tuşgan öz fuqarolarini odam savdosi jabrlanuvçilari sifatida tan olişni söragan. Keniya tomonining bildirişiça, bu odamlar uruşga aldov yöli bilan jalb qilingan.
Bloomberg esa Janubiy Afrika Respublikasining sobiq prezidenti qizi Duduzila Zuma-Sambudlaning JAR va Botsvana fuqarolarini yollaşga aloqador bölgani haqida xabar bergan. Naşr maʼlumotiga köra, u fuqarolarga tan soqçilar tayyorlaş kurslariga yuborilişini, keyinçalik esa otasining partiyasida işlaşini vaʼda qilgan.












