Xitoy AQŞ va Kanada vakillariga qarşi javob sanksiyalari kiritilganini ma'lum qildi. Avvalroq bu davlatlar Şinjonda inson huquqlari buzilayotgani sababli YeI joriy etgan sanksiyalarga qöşilgandi.
Xabar qilinişiça, Xitoy AQŞning xalqaro diniy erkinlik böyiça komissiyasi (USCIRF) rahbari Geyl Mençin, rais örinbosari Toni Perkins, Kanada parlamenti a'zosi Maykl Çongga nisbatan sanksiyalar joriy etgan.
Şuningdek, Kanada vakillar palatasining xalqaro inson huquqlari böyiça qömitasi ham sanksiyaga tuşgan.
Xitoy 26 mart kuni Buyuk Britaniyaga qarşi sanksiyalar kiritgandi.
22 mart kuni YeI inson huquqlari buzilişi sababli qator mamlakatlar, jumladan, Xitoyga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini e'lon qildi. XXR bunga javoban YeIning ön nafar parlamentariy, olim va siyosatçilari hamda törtta yuridik şaxsiga qarşi sanksiyalar kiritdi.












