Al Arabiya News'ning kanal boşqarmasi boşliği Usoma Rabiyyaga tayanib xabar berişiça, Misr prezidenti kemani yöldan olişning birinçi va ikkinçi ssenariysi muvaffaqiyatsizlikka uçraşini kutib ötirmasdan, uçinçi ssenariyga ötişni buyurgan. Uşbu ssenariy kemani sayozlikdan oliş uçun undagi konteynerlarni tuşirişni közda tutadi.

Rabiyyaning ta'kidlaşiça, kemadagi 18 mingta konteynerdan ba'zilarini tuşiriş uçun maxsus qurilma kerak böladi va Misr prezidenti uni qöllaşga ruxsat bergan. Misr hukumatiga köra, Suvayş kanalida qatnov töxtab qolgani sabab mamlakat har kuni 12-14 million dollar yöqotmoqda.

«Operatsiyani yakunlaşimiz bilan kanal rahbariyati u yerda töplanib qolgan kemalarni evakuatsiya qiliş bilan şuğullanadi. Biz kemaçilik operatorlari bilan keyingi harakatlarimizni muhokama qilamiz, çunki mijozlardan voz keça olmaymiz», deb aytgan Rabiyya. U kemani sayozlikdan oliş böyiça operatsiya qaçon yakunlanişini ayta olmasligini ta'kidlab ötgan.

Konteyner taşuvçi ulkan kema Suvayş kanalida 23 mart kuni sayozlikka ötirib qolgan va kanalni tösib qöygan. Hozirgaça uni siljitiş böyiça urinişlar besamar ketmoqda. Ta'kidlanişiça, kemaning sayozlikka ötirişiga kuçli şamol sabab bölgan. Turli prognozlarga köra, kanalda qatnovni tiklaş uçun bir haftadan uç haftagaça vaqt talab etilişi mumkin.