Tel-Aviv bu kanalni Suvayş kanaliga qarşi tijoriy rol öynaşdan taşqari, köp qirrali loyihaga aylantirişni rejalaştirgan. U suv yöli atrofida kiçik şaharçalar, mehmonxonalar, restoranlar va tungi klublar qurişni maqsad qilgan. Bir neça ekspertlar fikriça, Isroilning Ğazo sektoridan HAMASni yöq qiliş istagi ortidagi sabablardan biri – Ben Gurion kanali loyihasini qurişga bölgan qiziqişdir.
Ben Gurion kim?
David Ben-Gurion (1886-1973) – Isroilning asosçisi sifatida tanilgan polşalik taniqli sionist lider. U sionistik jangarilarga falastinliklarni öz yerlarida ommaviy portlatişga buyruq bergan va butun dunyodan yahudiy muhojirlarning Falastinga kirib kelişiga yordam bergan şafqatsiz odam sifatida tasvirlangan. U 1948 yilda Isroilning birinçi boş vaziri lavozimida işlagan.
Ben Gurion kanali qanday loyiha?

Ben Gurion kanali loyihasi 1960 yillarda Isroil tomonidan Qizil dengizni Aqaba körfazining janubi orqali Örta yer dengizi bilan boğlaş loyihasi edi.
Marşrut Eylat port şahri va Iordaniya çegarasi orqali, Arava vodiysi orqali Negev (Naqab) toğlari va Iordaniya toğlari örtasida taxminan 100 kilometr masofada va Ölik dengiz havzasi oldidan ğarbga burilib, vodiydan ötişi rejalaştirilgan edi. Keyin u Ğazo sektorini aylanib ötişi va Örta yer dengiziga ulaniş uçun yana şimolga yöl oladi.
Isroil davlatining asosçisi Devid Ben-Gurion nomi bilan atalgan loyiha 1960-yillarning oxirida işlab çiqilgan bölib, Yevropa va Osiyoni boğlovçi asosiy yuk taşiş yöli bölgan Suvayş kanaliga muqobil yönaliş yaratişga intildi.
Isroilni Ben Gurion kanalini qurişdan nima töxtatgan?
Ben Gurion kanalining taxminiy qiymati 100 milliard dollarni taşkil etadi, bu – Suvayş kanalini kengaytiriş va uning transport muammosini hal qiliş uçun kerak bölgan xarajatlardan ança köp.
AQŞning 1960-yillardagi örganişlariga köra, taxminiy reja – “Negev çöli böylab Ölik dengiz kanalini qaziş” uçun 520 ta yadro bombasidan foydalanişni nazarda tutgan. Unda har bir mil uçun 2 megatonli törtta qurilma kerak bölişi taxmin qilingan, bu “520 ta yadro” yoki 1,04 gigaton portlovçi moddalar deb hisoblangan. Bunday yuqori qaziş xarajati uçun yadroviy qaziş varianti taklif qilindi. Biroq yadroviy halokat xavfi bu maqsadning amalga oşmayotganining asosiy sabablaridan biridir.
Geografik çeklovlar: Ben Gurion kanalining rejalaştirilgan marşruti Suvayş kanalidan 100 km dan ortiqroqdir, bu birinçi navbatda relef va topografiyaning çeklangani bilan boğliq. Agar qurilgan bölsa ham, köplab kemalar eskiroq, qisqaroq marşrutni afzal körişlari mumkin.
Harbiy tahdid: Har kuni milliardlab dollarlik yuklarni taşuvçi Ben Gurion kanali HAMAS raketalari yoki Isroil hujumlari tufayli doimiy harbiy tahdid ostida qoladi. Ya’ni mintaqaviy xavfsizlik jihatidan bu loyiha hanuz amalga oşmayapti.
Ğazoning Isroil nazoratiga ötişi kanalni harbiy tahdidlardan ozod qilişi mumkin
Yaqinda uruş tufayli ommaviy axborot vositalarida Ben Gurion kanali loyihasi eslana boşlandi. Çunki kanal loyihasining yakuniy nuqtasi – Örta Yer dengiziga çiqiş qismi Ğazo sektori içiga yoki yaqiniga (Aşkelon) töğri keladi.
Isroil qamal ostidagi sektorga hujum boşlaganidan beri, Falastin Markaziy statistika yuyurosi ma’lumotlariga köra, kamida 400 ming falastinlik Ğazo sektorining şimolidan janubiga köçirilgan. Isroilning sektorni qayta işğol qilişini ayrim tahlilçilar eski loyihani jonlantiriş uçun yangi imkoniyat deb talqin qilmoqdalar.
Agar amalga oşirilsa, Ben Gurion kanali tektonik özgarişlarga olib keladi, çunki u Suvayş kanaliga soya soladi. Loyiha Isroilni jahon yuk taşiş va jahon savdo markaziga aylantiradi. Misr esa Afrika, Osiyo va Yevropa örtasidagi eng qisqa yölda monopoliyasini yöqotib, iqtisodiyotiga katta zarbani qabul qiladi.
Bu kanal ğoyasi ba’zilar uçun utopik sionistik orzu bölib körinişi mumkin, lekin Isroil davlatining özi ham avvalboşda sionistik bir orzu edi.
Sabina Latipova











