28 mart kuni qutqaruv operatsiyasiga qöşimça kuçlar jalb qilingandi, kanal yölini oçiş harakatlarining sönggi bosqiçida jami 10ta buksir (şatakçi kema) iştirok etgan.

Duşanba tongida «Ever Given»ni sayozlikdan siljitib, qirğoqdan uzoqlaştirişdi va navbatdagi suv kötarilişini kutişdi. Ammo kuçli şamol tufayli konteynerovoz burni yana qirğoq tomonga burilib, kema eni atigi 200 metr bölgan kanalni (bu konteynerovoz uzunligining yarmi) tösib qöydi.

Reuters agentligi manbasi konteynerovoz tongda öz dvigatellarini işga tuşirgani haqida xabar tarqatdi, bu esa operatsiya muvaffaqiyatli ketayotganidan darak edi.

Kanal administratsiyasi ma'lumotiga köra, kunning ikkinçi qismida 400 metrlik konteynerovoz kanalning tor qismini tark etdi va Katta köl hududiga kirdi, bu yerda uni mutaxassislar körib çiqib, zarurat topilsa, ta'mirlaşadi.

«Misrliklar öz qöllari bilan odatiy hayotni tiklaşdi, endi butun dunyo uşbu muhim savdo yöli orqali ötkaziluvçi mahsulotlari öz manziliga yetib borişidan xotirjam bölişi mumkin», - deya yozdi Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali.

Malayziyadan Niderlandiya tomon harakatlangan ulkan konteynerovoz qariyb bir haftadan buyon dunyodagi eng muhim transport arteriyasida harakatlanişni töxtatib turgandi.

Kemalarning töxtab qolişi butun dunyodagi kemaçilik kompaniyalariga astronomik summalarda zarar keltirdi. Kemalar qatnovi böyiça Lloyd’s List kompaniyasi hisob-kitoblariga köra, Suvayş kanalida sayozlikka tiqilib qolgan konteyner taşuvçi kemasi tomonidan kemalar yöli tösib qöyilişi jahon savdosiga kuniga 9,6 mlrd dollarga, soatiga 400 million dollarga tuşdi. Uşbu summa har kuni kanal orqali kemalarda olib ötiladigan tovarlar narxiga asoslangan. Ğarbiy yönalişda qatnaydigan mahsulotlar narxi kuniga 5,1 milliard dollar, şarqiy yönalişda esa 4,5 milliard dollarni taşkil qiladi.

Ulkan kema qanday qilib sayozlikdan çiqarildi

Konteynerovoz sayozlikka ötirib qolgaç, ötgan vaqt mobaynida uni joyidan qözğatiş uçun şatakçi kemalarning butun bir flotiliyasi iş olib bordi.

Buksirlar bilan parallel ravişda qirğoqqa qadalib qolgan kema tumşuği atrofini qaziş uçun ekskavator va yer qazuvçi boşqa texnikalar işladi.

Kemasozlik masalalari böyiça ekspert Sala Merkolyannoning sözlariga köra, zemsnaryadlar Suvayş kanalida doimiy ravişda işlab, kanalni çuqurlaştiradi

«Bu ulkan mexanizmlar çömiçlarini çuqur tuşirişadi va kanal tubidagi çökindilarni qirğoqqa olib çiqişadi», deya izohlaydi u.

Şanba kuni ham qutqaruvçilar suv sathi kötarilişidan kemani qutqarişda foydalanişga urinişgandi. Bu vaqtda qirğoqdagi uskunalar kema tumşuği atrofidan minglab tonna tuproq va loyni çiqarib olişgandi.

«Blumberg» agentligi ma'lumotiga köra, qutqaruvçilar jamoasi konteynerovoz tiqilib qolgan sayozlikdan 27 ming tonna tuproq çiqarib olişgan.

Suvayş kanaliga boşqa maxsus texnikalar - soatiga 2 ming kub metr tuproq qazib olişga qodir bölgan suv ostini kovlovçi maşinalar ham yetib kelgandi.

Bunday işda katta tajribaga ega bölgan niderlandiyalik qutqaruvçilar agar katta kuç bilan harakat qilinsa, kema bölinib ketişi mumkinligidan ogohlantirgandi.

Reuters agentligi kompaniyadagi manbasiga asoslangan holda, kema ostida yirik qoyalar borligi, bu işni qiyinlaştirişi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.

Şuningdek, suv sathi tez-tez özgarib turişi va kuçli şamollar ham işni qiyinlaştirgandi.

Şanba kuni keçqurun tvitterda şatakçi kemalar «Ever Given»ni bir neça metr siljitişga erişilganini nişonlaş uçun bir vaqtda signal çalgani aks etgan video ham tarqalgandi.

Agar körilgan barça çoralar natijasiz bölganida, sönggi variantni qöllaş qolgandi: kemaning vaznini yengillaştiriş uçun yuklardan va yonilğidan böşatiş. Ammo bunday operatsiya juda murakkab, qimmatga tuşuvçi va uzoq vaqt davom etadigan operatsiya edi.

Faqat yonilğini çiqarib taşlaş orqali (bu tez va arzonroq tuşardi) masalani hal qilişga ham umid qilişgandi, ammo bu yetarli bölmasligi mumkin edi.

Kemadan 20 ming konteynerni kranlar orqali çiqarib oliş esa juda murakkab vazifaga aylanişi mumkin edi. Bunday kranlarni konteynerovoz yaqiniga olib borişning özi katta muammo edi, qolaversa, yuklarni böşatiş jarayonida turli kutilmagan holatlar röy berişi, hatto kema bölinib ketişi ehtimoli bor edi.

Barçaning baxtiga, iş bungaça yetib bormadi, tuproq qazuvçi moslamalar, ekskavatorlar va şatakçi kemalarning birgalikdagi sa'y-harakati kemani joyidan siljitiş uçun yetarli böldi.

Hozirça dengiz savdo yöllarining eng gavjum qismlaridan biri hisoblanadigan kanal böylab kemalar harakati qaçon tiklanişi noma'lum. Konteynerovozning korpusi şikastlangan.

Afrikani Osiyodan ajratib turuvçi Suvayş kanali orqali butun jahon savdosining 12 foizga yaqini ötadi. Suyultirilgan tabiiy gaz, neft (işlov berilmagan) va tozalangan neft kabi energiya manbalari eksporti jahonga mahsulotlar yetkazib berişning 5 foizdan 10 foizgaçasini taşkil qiladi. Kanal trafigining qolgan qismi — asosan iste'mol tovarlaridan iborat.

«Ever Given» konteynerovozi kanalda 23 mart kunidan 24 martga ötar keçasi sayozlikka ötirib qolib, kanalni tösib qöygandi.

Sönggi hisob-kitoblarga köra, yuzaga kelgan tirbandlikda turib qolgan kemalar soni 450dan ortiq, ularning bir qismi kanalda, qolgani kanal yönalişida - dengizda qolgan. Ayrim kemalar yöl qaçon oçilişi noma'lumligida Afrikani janubiy nuqta - Yaşil umid burni orqali aylanib ötişga qaror qilgan (Suvayş kanali orqali Rotterdamgaça masofa 11 kun bölsa, Afrikani aylanib ötişga 26 kun ketadi). Kanal tösilib qolişi oqibatida har kuni jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar miqdori 9 mlrd dollardan ortiqni taşkil etdi.

Kema kapitanining sözlariga köra, kuçli şamol kursni özgartirib yuborgan.

Bu Misr suvlarida bunday muammoga duç kelgan eng yirik kemadir. Uning hajmi - 59 ga 400 metr (bu törtta futbol maydoni uzunligiga teng). 

Suvayş kanalida bunday holat sönggi bor 2017 yilda röy bergandi, öşanda texnik nosozlik tufayli yaponlar konteynerovozi sayozlikka ötirib qolgandi. Öşanda misrlik qutqaruvçilar bir neça soatlik urinişlardan keyin böğozda kemalar qatnovini tiklaşga muvaffaq bölişgandi.