Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yigirmadan ortiq mamlakatlar rahbarlari “pandemiyaga qarshi” xalqaro shartnoma tuzish chaqirig‘i bilan chiqdi
Bo‘lajak shartnomaning maqsadi xatarlardan ogohlantirish, axborot almashish, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, vaksinalar, diagnostika vositalari va himoya vositalari ishlab chiqarish hamda taqsimlash borasida hamkorlik qilishdan iborat bo‘ladi.
Dunyoning 24 mamlakati rahbari, shuningdek, JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreysus kelgusidagi pandemiyalarga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro shartnoma tuzish chaqirig‘i bilan chiqdi.
Ushbu chaqiriqqa qo‘shilganlar orasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Angela Merkel, Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte, Norvegiya bosh vaziri Erna Sulberg, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va boshqalar bor.
Mazkur chaqiriq matni dunyoning qator yetakchi gazetalarida chop etildi.
"Koronavirus pandemiyasi hamma xavfsizlikda bo‘lmas ekan, hech kim xavfsizlikda bo‘lmasligini qattiq eslatib qo‘ydi. Mamlakatlar birgalikda pandemiyalarga qarshi tayyor turish bo‘yicha xalqaro shartnoma ustida ishlashi kerak, degan fikrdamiz", - deyiladi chaqiriqda.
Chaqiriq mualliflarining fikricha, bo‘lajak shartnomaning maqsadi xatarlardan ogohlantirish, axborot almashish, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, vaksinalar, diagnostika vositalari va himoya vositalari ishlab chiqarish hamda taqsimlash borasida hamkorlik qilishdan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, tashabbusda ekologiyaga ham alohida e'tibor qaratish taklif qilingan.
Mavzuga oid
10:33 / 02.11.2024
Pandemiyadan keyin odamlar uydan tashqarida kamroq vaqt o‘tkazadigan bo‘ldi - tadqiqot
20:04 / 20.06.2022
Dunyo yangi pandemiyaga tayyor emas – JSST rahbari
20:12 / 30.08.2021
JSST va YuNISEF pandemiya sharoitida maktablarni yopmaslikka chaqirdi
22:34 / 19.08.2021