1 apreldan Özbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarşi ommaviy emlaş tadbirlariga start berildi.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

Bungaça mamlakat böylab vaksinatsiya jarayonlarida ZF-UZ-VAC2001 —özbek-xitoy vaksinasi va Yevropaning AstraZeneca vaksinasidan foydalanişga tayyorgarlik körilgandi.

Aprel oyi davomida Toşkent va Nukus şahri hamda viloyatlar markazlaridagi 219ta emlaş punktlarida bir oyda 142,3 ming emlaş ötkazilişi rejalaştirilgan bölib, birinçi navbatda 65 yoşdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib oliş xavfi yuqori bölgan tibbiyot xodimlarini emlaş közda tutilgan. 

Bundan taşqari, surunkali kasalliklari bor aholi vakillari, maktab va maktabgaça ta'lim muassasalari, qurolli kuçlar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarini ham birinçi navbatda emlaş rejalaştirilgan.

Buning uçun mamlakat böylab 3 138ta emlaş punktlari va 862ta harakatdagi tibbiy brigadalar tayyorlangan. 

Hududlarga vaksinalarni taşiş uçun COVAX dasturi doirasida 17ta avtorefrijyerator, 206ta yuk taşuvçi miniven va 16ta yengil avtotransport vositalari keltirilgan.

Emlaş jarayonlari uçun 4 ming nafardan ortiq şifokor va 11 ming nafardan ortiq örta tibbiyot xodimi jalb qilingan.

Eslatib ötamiz, 31 mart kuni Soğliqni saqlaş vazirligi qayerda vaksinatsiya jarayonlari ötkazilişi haqida ma'lumotni e'lon qilgandi. Jadval bilan bu yerda tanişiş mumkin.

  • Ma'lumot uçun, Özbekistonda bugungi kunda 1 million 660 ming doza vaksina bor. Ularning 660 ming dozasi COVAX jamğarmasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaksinasi, 1 million dozasi Özbekiston–Xitoy hamkorligida işlab çiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi.
  • Soğliqni saqlaş vaziri Abduhakim Hojiboyev bergan ma'lumotga köra, may-iyun oylarida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 million doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini keltiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qiliş yuzasidan şartnoma imzolanmoqda. Şu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi tomonidan yana qöşimça AstraZeneca vaksinasini xarid qiliş yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.