“Ayni vaqtda yuz bergan avariyadan keyin kanal özanini kengaytiriş imkoniyati örganilmoqda. Konteyner taşuvçi kema bilan yuz bergan baxsiz hodisa favqulodda vaziyatlardagi inqirozdan çiqiş uçun amaliy saboq böldi”,- deb aytgan kanal boşqarmasi boşliği Usoma Robi. 

Avvalroq Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy kanal uçun yangi buksirlar va zemsnaryadlar sotib oliş zarurligini, biroq buksirlarning öziga yarim milliard dollar talab etilişini aytgan.

23 mart kuni “Ever Given” kemasi Suvayşda sayozlikka ötirib qolib, kanal orqali harakatni töxtatib qöygandi. Uni 29 mart kuni sayozlikdan çiqarişga muvaffaq bölingan. Şundan keyin kanalda harakat tiklangan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, hozirda 200dan köproq kema Suvayş kanaliga kirişni poylab turibdi. Kanalda harakat tiklangandan keyin u orqali 350dan köproq kema ötgan. Avvalroq kanal ma'muriyati suv arteriyasi faoliyatini 3 aprelgaça töliq tiklaşga va'da bergandi.

Örtayer dengizi va Qizil dengizni boğlovçi Suvayş kanalining umumiy uzunligi 193,3 kilometrni, çuqurligi 24 metrni, eni esa 350 metrgaçani taşkil qiladi. Bu ölçamlar u orqali dunyodagi eng katta kemalar, jumladan, neft tankerlarining ötişiga ham imkon beradi. Kanal ikkita qismdan iborat bölib, uning şimoliy qismida 2014 yilda asosiy özanga parallel ravişda 72 km.lik qöşimça özan qurilişi boşlangan. Uning evaziga kemalarning ikki tomonlama harakatini ta'minlaşga muvaffaq bölingan. Misrga 8,2 mlrd dollarga aylangan uşbu loyiha 2015 yil avgustida yakunlangan. Şunga qaramay, kanalda bir tomonlama harakatli qismlar mavjud.