Ma'lum bölişiça, joriy yilning 25 mart kuni, Farğona viloyati IIB YHXB YPX xodimi tomonidan 1978 y.t. fuqaro I.T.ga nisbatan mastlik holatida “Neksiya” rusumli avtomobilni boşqarganligi böyiça ma'muriy bayonnoma tuziladi. Haydovçi boşqaruvidagi avtomobil vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga qöyiladi.
Şundan söng, fuqaro I.T. Qöqon şahar IIO FMB YHXB ma'muriy huquqbuzarlik materiallarini körib çiqiş böyiça inspektori I.O.ga öziga nisbatan rasmiylaştirilgan hujjatlarni ijobiy hal qilib tegişli tartibda sudga yubormaslik evaziga 400 AQŞ dollari miqdorida pora taklif qiladi.
Mazkur holat böyiça, YPX xodimi I.O. 29 mart kuni rahbariyatga bildirgi beradi. Özbekiston Respublikasi IIV ÖXB Farğona viloyati böyiça bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro I.T. Qöqon şahar IIO FMB YHXB binosidagi I.O.ning xizmat xonasida unga 300 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda uşlanadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar dastlabki tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.










