Surxondaryoda xizmat vazifasini bajarayotgan IIO xodimlariga tan jarohati yetkazgan şaxslarga jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 9-avgust kuni Angor tumanida 39 yoşli fuqaro T.U. Damas maşinasini boşqarib kelib, xizmat olib borayotgan YPX xodimlarini körgaç, harakat yönalişini özgartirgan hamda şubhali harakat sodir etgan. YPX xodimlari avtomaşinani izidan kuzatib borgan. Haydovçi Ilğor mahallasidagi yaşaş uyining yaqinida maşinadan tuşib, qoçişga harakat qilgan. Şunda xodimlar uni töxtatib, oğzidan spirtli içimlik hidi kelib turgani sababli tibbiy körikka olib bormoqçi bölgan.
Hodisa joyiga haydovçining turmuş örtoği N.N., ukalari T.O. va T.Z. hamda qöşnisi M.M. yetib kelgan. Ular xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarga faol qarşilik körsatib, ikki nafar YPX xodimga tan jarohati yetkazgan.
YPX xodimlarining xabariga köra, voqea joyiga Angor tumani prokuraturasi va IIB tezkor-tergov guruhi vakillari yetib borgan.
Voqea örganilib, fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Şuningdek, Surxondaryo viloyati IIB tomonidan YPX xodimlarining ham harakati yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilayotgani, yakuni böyiça töliq ma’lumot berilişi bildirilgan.












