Ikki kun oldin Kegeyli tumanidagi öquvçi-qizlar 6 km uzoqlikdagi maktabga eşakda qatnaşayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun Kegeyli tumani hokimi Davletbay Utemuratov «Jangabazar» ovul fuqarolar yiğinidagi Estek-köpir qişloğiga bordi. Hokimlik matbuot xizmatining xabar berişiça, hokim qişloqdagi 35-sonli maktabga olis hududdan qatnayotgan öquvçilarning 17 nafariga velosiped bergan.

Hokimlik matbuot xizmatining qöşimça qilişiça, uşbu maktabga Bözatov tumani «Yerkindarya» OFY «Otar» ovulidan jami 11 nafar öquvçi 6 km uzoqlikdagi maktabga eşakda borib kelişadi.

Ma'lumot uçun, öquvçi-qizlar Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ular maktabning 3-, 4-sinflarida öqişini, 4-sinf öquvçisi 1-sinfga çiqqanidan beri maktabga eşakda borişini aytgandi.

Eslatib ötamiz, Çimboydagi öquvçilar 8 km uzoqlikdagi maktabga eşakda borişgani haqida yozgandi. Şundan keyin öquvçilarga maşina qöyib berilgandi. Jamoatçilik esa bolalarga xayriya qilib, 42 ta velosiped olib berdi.











