Qayd etilişiça, Davlatobod tumani maktabgaça ta'lim bölimi tasarrufidagi  31-sonli köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim muassasasida tarbiyalangan, 2015 yilda tuğilgan Uluğbek Hoşimov 2021 yil 5 fevral kuni özining ehtiyotsizligi natijasida muassasa issiq suv tizimidagi issiq suv jömragini oçib yuborişi natijasida 2-darajali 65 foiz kuyiş tan jarohati olib, viloyat köp tarmoqli bolalar şifoxonasiga yotqizilgan. 

Voyaga yetmagan U.Hoşimov 2019 yil 27-fevraldan buyon uşbu muassasada aqliy rivojlanişi orqada qoliş taşxisi bilan tarbiyalanib kelgani ma'lum bölgan.
 
Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, voyaga yetmagan fuqaro U.Hoşimov kuyiş natijasida olgan tan jarohatlari oqibatida 2021 yil 24 fevral kuni vafot etgan. 

Namangan viloyat STEBning 24 fevral kungi 70-sonli xulosasida marhum U.Hoşimovning ölimi - qaynoq suvdan boş, yuz va tananing boşqa qismlari 2-, 3-darajali 70 foiz kuyişi asorati natijasida poliorgan yurak qon-tomir yetişmovçiligi natijasida yuz bergani va murda tanasida kuyişdan boşqa tan jarohatlari aniqlanmagani körsatilgan. 

“Mazkur holatga tergov yöli bilan baho beriş zaruriyati tuğilganligi sababli, Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi, 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Natijalari haqida ma'lum qilinadi”, deyiladi Namangan viloyat prokuraturasi xabarida.