Özbekiston investitsiyalar va taşqi savdo vaziri birinçi örinbosari Aziz Voitovning ma'lum qilişiça, Özbekiston hududida «investitsion oazis» yaratildi.

«Özbekiston hududida biz 22ta erkin iqtisodiy zona va 328ta sanoat zonasidan iborat investitsion oazisni yaratdik, ularda qulay işbilarmonlik muhiti, keng huquqiy kafolatlar tizimi va zarur infratuzilma mavjud», dedi u «Innoprom» körgazmasida. 

Voitovning ta'kidlaşiça, hukumat sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş jarayonini davom ettiriş, yuqori texnologiyali tarmoqlarni jadal rivojlantiriş va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etiş niyatida. 

«Şu munosabat bilan, Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantiriş va boşqariş transformatsiyasi amalga oşirilmoqda. Yangi islohotlar bosqiçiga ötiş iqtisodiyotni liberallaştiriş tamoyillariga asoslangan holda, bozorning yangi mexanizmlarini keng joriy etiş, şuningdek davlat rolini qisqartiriş va xususiy sektorning iqtisodiyotdagi iştirokini kengaytiriş orqali röy bermoqda», deya qöşimça qildi Voitov.

Avvalroq, Özbekiston investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov vaksinatsiyaga qaramay, COVID-19 pandemiyasi 2021 yilda tugamasligini ma'lum qilgandi.