Sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov va boşqalar nisbatan sud hukmi öqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugun jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi tomonidan Aziz Voitov va boşqalarga (jami 62 kişi) oid jinoyat işini birinçi instansiyada körib çiqiş böyiça sud jarayoni tugagan hamda hukm e’lon qilindi.

Sud hukmiga köra, Aziz Voitov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a» bandi va boşqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Yetkazilgan moddiy zararning örni töliq qoplanganligi sababli unga nisbatan 3 yil muddatga boşqaruv tizimi, rahbarlik va mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarini egallaş huquqidan mahrum qilgan tarzda bazaviy hisoblaş miqdorining 400 baravari miqdorida jarima va har oylik iş haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.

Jinoyat kodeksining 167-moddasi 4-qismida yetkazilgan moddiy zararning örni qoplangan taqdirda ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanilmasligi belgilangan. Şu bois, sudning hukmi bilan jinoyat böyiça yetkazilgan zarar sud jarayoni davomida töliq qoplangani sababli Aziz Voitovga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangan. Depozit hisob raqamiga tölangan pullar esa davlat foydasiga ötkazilişi belgilangan.

Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligida xizmatlar körsatiş agentligi direktori lavozimida işlagan Xayrullo Karimovga Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarni egallaş huquqidan mahrum qilgan holda 8,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Qolgan 60 nafar sudlanuvçiga qilmişiga muvofiq ravişda tegişli jazolar, xususan, 9 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş, 51 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan.

Birinçi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi ma’lum qilingan.